Hurmatli Vatan himoyachilari! 14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi jamoasi Sizlarni chin qalbdan samimiy muborakbod etadi!
13.01.2026
Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan tabrik

Vatan tinchligi va osoyishtaligini ta’minlash, xalqimiz xavfsizligi va davlatimiz mustaqilligini himoya qilish yo‘lida fidokorona xizmat qilayotgan har bir harbiy xizmatchi, huquq-tartibot organlari xodimi va barcha himoyachilarimizga chuqur minnatdorlik bildiramiz. Sizlarning mardonavor xizmatlaringiz, yuksak mas’uliyatingiz va Vatanga sadoqatingiz yurtimiz tinch hayotining mustahkam kafolatidir.
Bugungi kunda mamlakatimiz Qurolli Kuchlari salohiyatini mustahkamlash, harbiy xizmatchilar uchun munosib sharoitlar yaratish va yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Ushbu jarayonlarda Sizlarning fidoyilikingiz va sadoqatingiz alohida e’tirofga loyiqdir.
O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi jamoasi Vatan ravnaqi va davlatimiz barqarorligi yo‘lida amalga oshirilayotgan ezgu ishlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga, o‘z faoliyati orqali mamlakat taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shishda davom etadi.
Ushbu qutlug‘ kunda Sizlarga mustahkam sog‘liq, oilaviy baxt, xizmat faoliyatingizda omad va yangi yutuqlar tilaymiz. Vatanimiz osmoni doimo musaffo, yurtimiz tinch bo‘lsin!
Vatan himoyachilari kuni muborak bo‘lsin!
O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi jamoasi

Boshqa yangiliklar
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_36b54f2b28999610ababf55d.jpg)
Byudjet intizomini ta'minlashda davlat moliyaviy nazorati organlarining faoliyatini muvofiqlashtirish masalalarining muhokamasi
3219
20.11.2025
Davlat byudjeti mablag‘larining samarali sarflanishi ustidan nazorat o‘rnatishga oid seminar bo‘lib o‘tdi
1217
23.02.2026
Davlat audit sohasida malakali kadrlarni tayyorlash masalalari muhokama qilindi
2084
11.09.2025
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/d69747ba-19a9-3e41-3bf0-7e36f941a99a.jpg)
Xalqaro audit standartlari asosida auditni tashkil etish mavzusida amaliy seminar
2278
29.01.2025
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_0c8f0cc87c67833802a261ec.jpg)
“O‘ZSUVTA’MINOT” AJ FAOLIYATI, ICHIMLIK VA OQOVA SUV TA’MINOTI SOHASIDA AMALGA OSHIRILAYOTGAN CHORA-TADBIRLAR HAMDA TASHQI QARZ LOYIHALARI AUDITI NATIJALARI
2505
11.05.2026