Joriy yilning 21 noyabr' kuni O‘zbekiston Respublikasining Hisob palatasi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi O‘quv markazi hamkorligida “Byudjet intizomini ta'minlashda davlat moliyaviy nazorati organlarining faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
20.11.2025
Byudjet intizomini ta'minlashda davlat moliyaviy nazorati organlarining faoliyatini muvofiqlashtirish masalalarining muhokamasi

Unda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi xodimlari hamda O‘quv markazining professor-o‘qituvchilari ishtirok etdi.
Mazkur tadbirda Hisob palatasining mas'ul xodimlari tomonidan “Davlat moliyaviy nazorat organlari va ichki audit xizmatlari tomonidan Hisob palatasining “Davlat auditi” dasturiy kompleksidan foydalanish tartibi” mavzusida taqdimot o‘tkazildi.
Taqdimotda “Davlat auditi” axborot tizimidan foydalanish holati va uni yanada takomillashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida atroflicha tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, “Davlat buyurtmachilari tomonidan xarid qilish tartib-taomillarini o‘tkazishda qonunchilik talablariga rioya etilishi” mavzusida ham taqdimot bo‘lib o‘tdi.
Tadbir davomida davlat buyurtmachilari tomonidan xarid qilish tartib-taomillarining o‘tkazilishida qonunchilik talablariga rioya etilmasligi, shuningdek, manfaatlar to‘qnashuvi hamda afillanganlik holatlariga yo‘l qo‘yilayotganligi va shu kabi qator masalalar muhokama qilindi.
Bundan tashqari, hozirda xarid qilish tartib-taomillarini takomillashtirish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida ma'lumot berildi.
Hisob palatasining mas'ul xodimlari tomonidan tadbir ishtirokchilariga ularning faoliyatlarida ko‘p uchraydigan mavjud muammolarning yechimlari yuzasidan tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.


Boshqa yangiliklar
Xalqaro valyuta jamg‘armasi delegatsiyasi Hisob palatasiga tashrif buyurdi
1495
07.04.2026
2025 yilgi Osiyo baholash haftaligi bo‘lib o‘tdi
1800
04.09.2025
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_b2f49ad92869913625dde407.jpg)
Xalqaro konferensiya ishtirokchilari Olimpiya shaharchasidagi sport tadbirlarida ishtirok etdi
1034
23.05.2026
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_ff8c6fb7e81fe4fbfa8b6af2.jpg)
HUDUDIY IJTIMOIY VA ISHLAB CHIQARISH INFRATUZILMANI RIVOJLANTIRISH DASTURLARI IJROSI TAHLILI NATIJALARI
991
13.05.2026
Strategik davlat korxonalari faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazildi
1589
12.03.2026