04.09.2025
2025 yilgi Osiyo baholash haftaligi bo‘lib o‘tdi
2025 yilning 1–4 sentyabr kunlari Xitoyning Sian shahrida “2025-yilgi Osiyo baholash haftaligi” (Asian Evaluation Week) bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbir Xitoy Moliya vazirligi va Osiyo taraqqiyot banki hamkorligida tashkil etildi.
Bu yilgi mavzu – “Inqirozlarni boshqarish: muvaffaqiyatlar asosini yaratish”.
2025 yilgi tadbirlarda Osiyo-Tinch okeani mintaqasining moliyaviy va akademik doiralaridan 200 dan ziyod rivojlanish bo‘yicha xalqaro ekspertlar ishtirok etdi. Tadbirlarda O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi sho‘'ba mudiri Sh. Mamatkulov ham qatnashdi.
Osiyo baholash haftaligi o‘zining 10-yillik tarixi davomida bilim va hamkorlikni rivojlantirish uchun dolzarb va samarali forum sifatida xizmat qilmoqda.
2025-yilgi Osiyo baholash haftaligi doirasida ko‘plab dolzarb yo‘nalishlarda tematik sessiyalar bo‘lib o‘tdi:
1) Inklyuzivlik;
2) Texnologiya va innovasiyalar;
3) Iqlim o‘zgarishi;
4) Boshqaruv va mamlakatni baholash tizimlari;
5) Xususiy sektorda baholashning roli.
Haftalikda ushbu sohalarda milliy salohiyatni oshirish bo‘yicha Osiyo hukumatlari va BMT agentliklari (Taraqqiyot dasturi, YuNISEF, BMT Aholishunoslik jamg‘armasi) vakillari tomonidan muhokamalar tashkil etildi.
Tadbirlar doirasida qarorlar qabul qilish samaradorligini oshirish bo‘yicha Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki Yevropa investisiya banki, Osiyo infratuzilma investisiya bankining moslashuvchan strategiyalari va innovasiyalari o‘rganildi.
Shu bilan birga, ishtirokchilar Xitoyning “yashashga yaroqli shaharlar” loyihalari samaradorligini boshqarish va baholash sohasidagi amaliy tajribasi bilan tanishdi.
2025-yilgi Osiyo baholash haftaligi ko‘plab xalqaro va milliy ekspertlarni birlashtirgan tajriba almashish platformasi sifatida o‘z ishini yakunladi.

Boshqa yangiliklar
Hisob palatasiga Sloveniya Respublikasi Oliy audit organi delegatsiyasi tashrif buyurdi
252
20.04.2026
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_97068a092541ecf6a23d6798.jpg)
O‘zbekiston Prezidenti YOII sammitida ishtirok etdi
1310
26.06.2025
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_d3f055e2138c042630c9c321.jpg)
Prezidentga raqamli texnologiyalar sohasidagi rejalar taqdimot qilindi
1816
30.06.2025
Xavflarni boshqarish tizimini samarali yo‘lga qo‘yish bo‘yicha seminar
2269
20.06.2025
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_59f9fe201a2ae32278204101.png)
Latviya Oliy audit organi vakillari Valentin Persans va Zane Vintere: Auditni raqamlashtirish istiqbollari haqida
123
24.05.2026