11.12.2025
Vengriya Oliy audit organi auditorlari tomonidan Hisob palatasi uchun vebinar o‘tkazildi
Joriy yilning 10-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi mas’ullari Vengriya Davlat audit idorasi vakillari tomonidan o‘tkazilgan onlayn treningda ishtirok etdi.
Vebinar avvalida O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi raisi o‘rinbosari S. Mirzayev O‘zbekiston va Vengriya Oliy audit organlari o‘rtasidagi munosabatlar yuqori darajada ekanligini ta’kidladi. O‘zaro hamkorlik kun tartibidan xodimlarning kasbiy malakasini oshirish masalalari o‘rin olganligi aytib o‘tildi.
Vebinarda “Markaziy budjetni rejalashtirish va ijro etish bilan bog‘liq Vengriya Davlat auditi idorasining vazifalari” mavzusida taqdimot qilindi. Unda Vengriya Davlat auditi idorasining vazifalari, fiskal kengash qarorlarini qabul qilish jarayonini qo‘llab-quvvatlovchi faoliyat hamda byudjet jarayonlarini muntazam monitoring qilish bo‘yicha ma’lumotlar berildi.
So‘ng markaziy budjet to‘g‘risidagi qonun loyihasi bo‘yicha xulosa berish yo‘nalishida muhokamalar bo‘lib o‘tdi. Vengriyalik auditorlar tomonidan 2026-yilgi markaziy budjet loyihasini ko‘rib chiqish dasturi va budjet to‘g‘risidagi qonun loyihasi bo‘yicha asosiy xulosalar taqdim etildi.
Vebinar so‘ngida “Monitoring tahlilidagi modellar” mavzusidagi prezentatsiya namoyish qilindi. Unda yil oxiriga qadar daromadlarning budjet smetasining 100 foiziga yetishi uchun soliq tushumlarini prognoz qilish, shuningdek ish haqi bilan bog‘liq soliqlarning rivojlanishini prognozlovchi model muhokama qilindi.
Vebinarda ko‘tarilgan mavzular o‘z faoliyatini xalqaro standartlarga moslashtirayotgan O‘zbekiston Hisob palatasi uchun muhimligi ta’kidlab o‘tildi.

Boshqa yangiliklar
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_d3fcbc0c8705f3e73763d291.jpg)
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Budjet va iqtisodiy masalalar qo‘mitasi hamda Hisob palatasi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi
69
13.05.2025
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_c2643f9838d64ce8d5b16ca3.jpg)
Senatda Sloveniya Audit sudi raisi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
331
21.04.2026
TDIUda Hisob palatasi faoliyatiga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi
230
25.06.2026
Ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturlari bo‘yicha seminar
1683
07.09.2025
Hisob palatasiga Sloveniya Respublikasi Oliy audit organi delegatsiyasi tashrif buyurdi
417
20.04.2026