O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan vazirlik va idoralarda byudjet mablag‘larining maqsadli va samarali ishlatilishi ustidan nazoratni kuchaytirish masalasiga ustuvor e'tibor qaratilmoqda.
03.07.2025
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tomonidan byudjet mablag‘larini sarflash borasida amalga oshirilgan ishlar

Shu bois, byudjet intizomini mustahkamlash maqsadida Hisob palatasi, Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti, Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tomonidan qo‘shma qaror qabul qilingan.
Unga muvofiq, Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi va uning tizimiga kiruvchi tashkilotlarning byudjet mablag‘lari doirasidagi xarajatlarini amalga oshirish ustidan qat'iy va ta'sirchan nazoratni o‘rnatish belgilangan.
Hisob palatasining “Masofaviy markaz” AAT tomonidan vazirlik ichki nazorat tuzilmalarida aniqlanayotgan xavflar bo‘yicha taxlillar doimiy tarzda taqdim etib borilmoqda.
Joriy yilning 4 iyul' kuni Hisob palatasi va Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi rahbariyati o‘rtasida muvofiqlashtiruvchi uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda “Ijro.gov.uz” elektron tizimiga kiritilgan topshiriqlar ijro holati muhokama qilindi.
Hisob palatasining tashabbusi bilan, Vazirlik huzurida tashkil etilgan “Situasion markaz”ning samarali faoliyat yuritishi uchun zarur bo‘lgan ma'lumotlarni to‘plash, ularni tizimli ravishda jamlash va tahlil etish jarayonlari masalalariga urg‘u berildi.
Vazirlikning ichki audit xizmati rivojlantirish dasturlarining samaradorligini sifatli va haqqoniy baholab borish hamda natijalarining Hisob palatasining “Davlat auditi” dasturiga to‘liq kiritilishini ta'minlanishi aytildi.
Uchrashuv yakunida xarajatlarni maqbullashtirish, ularni sohadagi boshqa zarur yo‘nalishlarga yo‘naltirish hamda tender o‘tkazish jarayonlarida qonuniy va shaffof o‘tkazilishini doimiy nazorat qilish masalalariga alohida e'tibor qaratildi.
Boshqa yangiliklar
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/b6731ea1-091c-1ea0-a412-dbabadcee942.jpg)
Hisob palatasi xodimlari uchun ACCA o‘quv dasturi yo‘lga qo‘yildi
2719
02.02.2025
Xalqaro valyuta jamg‘armasi delegatsiyasi Hisob palatasiga tashrif buyurdi
1496
07.04.2026
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_1ae5bb8f23d13809e328ce2d.jpg)
Tejamkorlik va barqarorlikni ta'minlashga bag‘ishlangan navbatdagi seminar
2395
05.02.2025
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_5785c42af1eef004a8853e95.png)
Hisob palatasi va ASSA tashkiloti o‘rtasida O‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi
1160
25.01.2026
Hisob palatasida 20 ta strategik davlat korxonalari faoliyati samaradorligi muhokama qilindi
1064
15.06.2026