07.04.2026
Xalqaro valyuta jamg‘armasi delegatsiyasi Hisob palatasiga tashrif buyurdi
2026-yil 7-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasida Xalqaro valyuta jamg‘armasi (XVJ) delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda Hisob palatasi raisining birinchi o‘rinbosari M. Abdullayev boshchiligidagi mutasaddilar hamda Xalqaro valyuta jamg‘armasi vakili Alexandro Simon boshchiligidagi delegatsiya ishtirok etdi.
M. Abdullayev so‘nggi 2 yil mobaynida Hisob palatasida amalga oshirilayotgan tizimli transformatsiyalar haqida ma’lumot berdi. Davlatimiz Rahbarining tegishli Farmonlari bilan qisqa vaqt ichida Hisob palatasi professional davlat auditorlik organiga aylanib, avvalgi moliyaviy tekshiruvlardan xalqaro standartlar asosida audit o‘tkazish tizimiga o‘tgani ta’kidlandi.
Xalqaro moliyaviy institutlar (Xalqaro valyuta jamg‘armasi, Jahon banki, Osiyo taraqqiyot banki) bilan hamkorlik izchil rivojlanib borayotgani aytildi.
Xususan, bugungi kunda ilg‘or xorijiy tajriba asosida moliyaviy, samaradorlik va muvofiqlik auditi, strategik audit va IT-standartlar tamoyillari ishlab chiqilib, ularning metodologiyasi shakllantirildi.
Davlat sektorida xalqaro standartlar (IPSAS) va auditning xalqaro standartlari (ISA) asosida yirik xalqaro moliya institutlari loyihalarini auditdan o‘tkazish amaliyoti joriy etildi.
Uchrashuvda, shuningdek, raqamlashtirish jarayonlariga alohida e’tibor qaratildi. Hisob palatasi huzurida tashkil etilgan Masofaviy nazorat markazi hamda “Masofaviy audit” axborot tizimi orqali risk-tahlillar asosida nazoratni amalga oshirish, sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish borasidagi ishlar taqdim etildi.
Shu bilan birga, Hisob palatasining xalqaro hamkorlik aloqalari kengayib borayotgani, jumladan, yetakchi xalqaro tashkilotlar va xorijiy oliy audit organlari bilan tajriba almashish, qo‘shma tadbirlar va o‘quv dasturlari yo‘lga qo‘yilgani ta’kidlandi.
Muloqot davomida XVJ delegatsiyasi tomonidan Hisob palatasi faoliyatidagi islohotlar, zamonaviy audit mexanizmlari hamda raqamlashtirish yo‘nalishidagi ishlar yuqori baholandi.
Ayniqsa, Hisob palatasi tomonidan amalga oshirilayotgan ustav kapitalida davlat ulushi 50 foizdan yuqori bo‘lgan davlat korxonalari va davlat-xususiy sheriklik loyihalari auditi XVJ delegatsiyasida katta qiziqish uyg‘otdi.
Uchrashuv yakunida davlat moliyaviy nazoratini takomillashtirish, xalqaro standartlarni joriy etish va institutsional salohiyatni oshirish yo‘nalishlarida hamkorlikni izchil davom ettirishga kelishib olindi.
Boshqa yangiliklar
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_ee962a7c2d66d5f7c92315c1.png)
Hisob palatasi va ACCA o‘rtasidagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi
1703
14.10.2025
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_519f84e6d70efa9488c3aa86.jpg)
Qashqadaryo viloyatida ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturining auditi
1936
01.10.2025
Sun’iy intellekt texnologiyalariga bag‘ishlangan o‘quv-amaliy seminar
2430
15.12.2025
Turkiya Hisob sudi tomonidan risklarni boshqarish mavzusida onlayn o‘quv treninglari o‘tkazildi
1088
26.12.2025
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_991ee989985432086c3115eb.jpg)
Hisob palatasi delegasiyasi Xitoy milliy audit idorasining raqamlashtirish faoliyati bilan tanishdi
1087
14.09.2025