Hisob palatasi faoliyatiga xalqaro audit standartlarini keng joriy qilish vazifasi belgilangan.
02.02.2025
Hisob palatasi xodimlari uchun ACCA o‘quv dasturi yo‘lga qo‘yildi

Shuningdek, joriy yilning 20-yanvar kuni Davlatimiz Rahbariga Hisob palatasi tomonidan 2024-yilda amalga oshirilgan ishlar va 2025-yilgi asosiy vazifalarga oid taqdimotda Hisob palatasiga bir qator ustuvor vazifalar belgilandi. Xalqaro standartlar asosida audit tizimini keng joriy qilish va Hisob palatasi xodimlarini xalqaro standartlar asosida o‘qitish shular jumlasidan.
Shu maqsadda Singapur Menejmentni Rivojlantirish Instituti (Management Development Institute of Singapore) va dunyoning “Katta to‘rtligi”ga kiruvchi KPMG auditor tashkiloti hamkorligida Hisob palatasi xodimlari uchun ACCA malaka dasturi bo‘yicha o‘quv jarayonlari yo‘lga qo‘yildi.
Ma’lumot uchun: ACCA – Association of Chartered Certified Accountants (Sertifikatlangan jamoatchi hisobchilarning uyushmasi) 1904-yilda Londonda (Buyuk Britaniya) tashkil etilgan. Ilk bora u London Association of Accountants nomi bilan faoliyatini boshlab, keyinchalik bir necha bor birlashuvlar va o‘zgarishlar orqali bugungi ACCA nomi bilan jahonga tanilgan tashkilotga aylandi.
Joriy yilning 3-fevral kuni o‘quv dasturiga start beruvchi tadbir o‘tkazildi. Unda qator tashkiliy masalalarning muhokamasi bo‘lib o‘tdi.
Hisob palatasi raisining birinchi o‘rinbosari M. Abdullayev auditorlarni yangi metodologiyalar va ilg‘or amaliyotlar bo‘yicha uzluksiz malakasini oshirish muhimligini ta’kidladi. Bu esa, o‘z navbatida, Hisob palatasi auditorlari tomonidan xalqaro audit jarayonlarida ishtirok etish uchun vosita bo‘lishi ta’kidlandi.
Tadbirda ACCA dasturi doirasidagi bosqichlar, ustuvor yo‘nalishlar, davriylik bo‘yicha kelishuvlarga erishildi. Ushbu jarayonlarni samarali tashkil qilish uchun Hisob palatasi raisi o‘rinbosari S. Mirzayev mas’ul etib belgilandi.
Xalqaro miqyosda e’tirof etilgan ACCA o‘quv dasturi 18 oy davom etib, moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari asosida audit o‘tkazish, moliyaviy boshqaruv hamda samaradorlikni boshqarish bo‘yicha chuqur nazariy va amaliy bilimlarni egallash imkonini beradi.
Dasturdan ko‘zlangan maqsad – Hisob palatasi xodimlarining xalqaro standartlar asosida audit amaliyoti va moliyaviy boshqaruv ko‘nikmalarini rivojlantirish, davlat sektorida shaffoflik va hisobdorlikni ta’minlashga ko‘maklashish, xalqaro moliyaviy institutlar loyihalarini xalqaro standartlar asosida auditdan o‘tkazish.
Bu sa’y-harakatlar, shuningdek, Hisob palatasiga bosqichma-bosqich xalqaro tashkilotlar faoliyati auditida ishtirok etish uchun zamin yaratadi.
ACCA o‘quv dasturi qator muhim yo‘nalishlarni o‘z ichiga olgan. Masalan, Xalqaro audit standartlari (ISA) bo‘yicha auditorlarga so‘nggi yondashuvlarni tushuntirish. ACCA malakasiga ega bo‘lgan auditorlar davlat tashkilotlarida ichki nazorat tizimlari va xatarlarini aniqlash hamda baholashda muhim ko‘nikmalarga ega bo‘ladi.
Strategik boshqaruv va davlat dasturlari samaradorligini baholash ko‘rsatkichlari asosida ham o‘qitiladi. Shuningdek, ACCA dasturida budjetni tuzish, tafovutlar tahlili va xarajatlar boshqaruvi kabi yo‘nalishlar bo‘yicha ham bilim va tajriba olinadi.
Moliyaviy ko‘rsatkichlarni chuqur tahlil qilish ko‘nikmasiga ham e’tibor qaratildi. Bu audit jarayonida nomutanosibliklar yoki risklarni tezkor aniqlash va yaxshilash bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Kelgusida Hisob palatasi auditorlarining to‘liq tarkibda xalqaro sertifikat olishini ta’minlash bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilandi.

Boshqa yangiliklar
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_550c54469e351ab22bfbb2c9.jpg)
Aviatsiya bozorida ustun mavqega ega bo‘lgan aviakompaniyalar faoliyati auditi
1626
06.04.2026
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_e43c61515b4e96cd19957512.jpg)
Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan tabrik
1892
13.01.2026
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_16bbae430c2229241ed10b77.jpg)
Hisob palatasi transformatsiyasi va islohotlar natijadorligini ta’minlaşda davlat auditining örni
567
27.10.2026
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_4be405c3ebc8066be568db85.jpg)
Prezident: “Har bir qaror, har bir xizmat, har bir jarayon faqat inson manfaatiga xizmat qilishi zarur”
2067
27.11.2025
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_dc4f7b8066cd71a118ef1e33.jpeg)
Umumta’lim maktablarining xorijiy til o‘qituvchilari bilan ta’minlanishi va bu bo‘yicha ajratilgan mablag‘larning samaradorligi
2060
30.04.2026