06.04.2026
Aviatsiya bozorida ustun mavqega ega bo‘lgan aviakompaniyalar faoliyati auditi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 27-oktyabrdagi Farmoni talablariga muvofiq “Uzbekistan Airways” AJ va “Uzbekistan Helicopters” MChJlarning 2023–2025-yillardagi faoliyati muvofiqlik auditidan o‘tkazildi.

Audit jarayonida korporativ boshqaruv tizimi, biznes-reja ijrosi, xarajatlar va moliyaviy amaliyotlar o‘rganildi.
“Uzbekistan Airways” AJ uch yilda 16,9 mln nafar yo‘lovchiga (107,9 ming marta parvoz) va “Uzbekistan Helicopters” MChJ 930,4 ming nafar yo‘lovchiga (19,5 ming marta parvoz) xizmat ko‘rsatib, o‘rindiqlarning o‘rtacha bandlik darajasi mos ravishda 85,1 va 73 foizni tashkil etgan.
Audit jarayonida jamiyatlarning ish faoliyatidagi ayrim kamchiliklar mavjudligi qayd etildi.
Jumladan:
-jamiyat marshrut tarmog‘ida uzoq masofali reyslar ulushining cheklangani, “low-cost” segment imkoniyatlaridan yetarlicha foydalanilmagani, qo‘shimcha xizmatlar (ancillar) hissasining pastligi, shuningdek Code Share va Interline hamkorlik tarmog‘ining yetarli darajada rivojlanmaganligi;
-transport bozorida raqobat kuchaygani sababli jamiyatning yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish ulushi 2025-yilda sezilarli darajada kamayganligi;
-o‘rta va uzoq muddatli rivojlanish strategiyasi ishlab chiqilmagan va muhokama qilib borilmagan.
Audit natijasida aniqlangan kamchiliklar va jamiyatlarni to‘la quvvat bilan ishlash, rentabellik darajasini oshirish maqsadida 24 ta banddan iborat takliflar ishlab chiqildi.
Xususan:
-xalqaro aviakompaniyalar bilan tijorat sheriklik (Interline, SPA, Code Share) kelishuvlari doirasida hamkorlikni kengaytirish, global alyansga a’zo bo‘lish va “low-cost” imkoniyatlaridan foydalanish orqali daromadlarni oshirish;
-amaldagi reys yo‘nalishlarini qayta ko‘rib chiqish orqali flotning o‘rtacha uchish soati, havo kemalaridan foydalanish darajasi va aviatsiya iqtisodiy samaradorligi (ASK, RASK, CASK) ko‘rsatkichlarini oshirish;
-Turizm qo‘mitasi bilan birgalikda vertolyotlar orqali turizm bozorida xizmatlar ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yish, aviatsiya xizmatlarini keng targ‘ib qilish kabi takliflar ilgari surildi.
Auditda aniqlangan kamchiliklar yuzasidan mas’ul xodimlar bilan muhokama o‘tkazilib, kelgusida kamchiliklarni bartaraf etish hamda oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqildi va tegishli tavsiyalar berildi.
Shuningdek, jamiyatlarni o‘rta va uzoq muddatli rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish hamda “yo‘l xarita”sini belgilash maqsadida Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Soliq qo‘mitasi hamda boshqa tegishli vazirlik va idoralarga ko‘rsatmalar yuborildi.

Boshqa yangiliklar
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_4ece089f0a595867d3bef327.jpg)
Sergeli tumanida raqamlashtirish boʻyicha ishlar haqida maʼlumot berildi
591
03.07.2026
Xalqaro konferensiyaning ikkinchi kuni “IT Park”da davom etdi
761
23.05.2026
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_70e3a0fd263b61a431fdaa56.jpg)
Davlat auditi sohasida yangi ta’lim imkoniyatlari yaratilmoqda
2827
08.06.2026
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_4f2c9070d2242885f9225127.jpg)
Veterinariya va chorvachilik sohasida xalqaro moliya institutlari ishtirokidagi loyihalar: Muammolar va yechimlar
991
17.05.2026
Xalqaro valyuta jamg‘armasi delegatsiyasi Hisob palatasiga tashrif buyurdi
457
06.04.2026