Hisob palatasida Qishloq xo‘jaligi vazirligi rahbariyati bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda Vazirlik tomonidan 2025 yilning yanvar'-iyun' oylarida amalga oshirilgan nazorat ishlar yuzasidan hisobot berildi.
07.07.2025
Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan amalga oshirilgan ishlar tinglandi

Ta'kidlanganidek, Hisob palatasining tashabbusi bilan va tegishli Qo‘shma qaror asosida Vazirlikda “Situasion markaz” tashkil etilgan. Uning ma'lumotlari Hisob palatasining “Masofaviy audit” axborot tizimiga integratsiya qilingan.
“Situasion markaz” orqali Vazirlikning “E-ijara”, “Geoaxborot”, “Agrosubsidiya”, “Agroplatforma”, “CropAgro” va “my.vetgov.uz” ATda tahlil ishlari yo‘lga qo‘yilgan.
Vazirlikda, shuningdek, kollegial asosda “Xavflarni boshqarish qo‘mitasi” tashkil etildi. Unda moliyaviy faoliyatga bog‘liq xavflar ro‘yxati tuzilib, reestr shakllantirildi.
Uchrashuvda Vazirlikda raqamlashtirish sohasidagi islohotlar bo‘yicha ma'lumot berildi.
Hisobotda Ichki audit xizmati faoliyati sifatini baholash va oshirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar haqida so‘z bordi.
Hisob palatasi tomonidan Qishloq xo‘jaligi vazirligi tizimida byudjet mablag‘larining maqsadli va samarali ishlatilishi ustidan monitoring va nazorat olib borish bo‘yicha tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.
Boshqa yangiliklar
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_dae02bdf9af049ba9d4d653e.jpg)
O‘zbekiston Hisob palatasi vakillari Minsk shahridagi xalqaro seminarda ishtirok etdi
798
01.06.2026
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_888ce8dd6c160e3d70f7bde0.jpg)
Qoraqalpog‘iston Respublikasini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga oid belgilangan vazifalar ijrosi hamda samaradorligi tahlili
1484
01.06.2026
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_d3fcbc0c8705f3e73763d291.jpg)
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Budjet va iqtisodiy masalalar qo‘mitasi hamda Hisob palatasi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi
754
13.05.2025
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_0f843ff89edee2bc1d73beb4.jpg)
Hisob palatasi tashqi mehnat migratsiyasi sohasida audit o‘tkazdi
1793
01.02.2026
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_5c8f21c8e004467c7e1ac669.jpg)
Mustaqillikning 35 yilligi munosabati bilan Hisob palatasi xodimlari taqdirlandi
797
27.08.2026