13.05.2025
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Budjet va iqtisodiy masalalar qo‘mitasi hamda Hisob palatasi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Budjet va iqtisodiy masalalar qo‘mitasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi o‘rtasida o‘zaro hamkorlik to‘g‘risidagi Memorandum imzolandi.

Mazkur memorandum parlament faoliyati bilan davlat tashqi auditi va moliyaviy nazoratini yanada samarali uyg‘unlashtirish, qonun ijodkorligi jarayonida Hisob palatasining ekspert salohiyatidan keng foydalanish hamda parlament nazorati mexanizmlarini takomillashtirishga xizmat qiladi.
Hujjatga muvofiq, tomonlar budjet, soliq, bojxona va davlat moliyasi sohalaridagi qonunchilikni takomillashtirish, qonun loyihalarini tayyorlash va muhokama qilish jarayonlarida yaqin hamkorlik qiladi. Shuningdek, Hisob palatasining yuqori malakali mutaxassislarini qonun loyihalarini ko‘rib chiqishga jalb etish, qo‘shma ishchi guruhlar tashkil etish hamda qonunlarning ijrosini ta’minlashga qaratilgan parlament nazorati tadbirlarida hamkorlik qilish nazarda tutilgan.
Memorandum doirasida tomonlar quyidagi yo‘nalishlarda hamkorlikni rivojlantiradi:
budjet va iqtisodiy masalalar bo‘yicha qonun ijodkorligi jarayonini ilmiy-amaliy jihatdan qo‘llab-quvvatlash;
davlat moliyaviy nazorati va tashqi audit sohasidagi ilg‘or xalqaro tajribani o‘rganish hamda amaliyotga tatbiq etish;
parlament nazorati samaradorligini oshirishga qaratilgan tahlillar va takliflarni birgalikda ishlab chiqish;
ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish, uslubiy va tahliliy materiallar tayyorlash;
sohaga oid qonun hujjatlarining mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazish bo‘yicha qo‘shma tadbirlarni amalga oshirish.
Shu bilan birga, memorandum tomonlar o‘rtasida muntazam axborot almashinuvini yo‘lga qo‘yish, ishchi uchrashuvlar va maslahatlashuvlar o‘tkazish, qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan tashabbuslarni birgalikda ishlab chiqish uchun huquqiy asos yaratadi.
Mazkur hamkorlik mamlakatimizda amalga oshirilayotgan demokratik islohotlar, davlat moliyasi shaffofligi va hisobdorligini yanada mustahkamlash, parlament nazoratining ta’sirchanligini oshirish hamda davlat tashqi audit tizimini rivojlantirishga munosib hissa qo‘shishi kutilmoqda.
Memorandum imzolangan kundan boshlab kuchga kirdi va tomonlarning o‘zaro kelishuviga ko‘ra uzoq muddatli hamkorlikni rivojlantirish uchun huquqiy asos bo‘lib xizmat qiladi.



Boshqa yangiliklar
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_7f5559118da150080de915c2.jpg)
Hisob palatasi rahbariyati vakili O‘zbekiston futzal federatsiyasi vitse-prezidenti etib tayinlandi
511
08.07.2026
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_e43c61515b4e96cd19957512.jpg)
Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan tabrik
1494
13.01.2026
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_3d83e197ae37fa039e0d32ac.jpg)
Davlat boshqaruvi sifatini oshirishda yangi bosqich boshlandi
596
23.05.2026
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_543f6630b5b23c41f10cff86.jpg)
Bahouddin Naqshband maqbarasi ziyorat qilindi
101
24.08.2026
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_c733748f82db1af1b56577bc.jpg)
Huquqni muhofaza qilish akademiyasida xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi
1633
28.11.2025