Xitoy Xalq Respublikasi Bosh auditori Hisob palatasiga tashrif buyurdi

Joriy yilning 9-13 aprel kunlari Xitoy Xalq Respublikasi Milliy audit idorasining Bosh auditori Xou Kai boshchiligidagi delegasiya yurtimizda amaliy tashrif bilan bo‘lmoqda.
Tashrifdan ko‘zlangan maqsad – ikki davlat Oliy audit organlari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni mustahkamlash hamda tashqi audit sohasida tajriba almashish.
Bu Xitoy Milliy audit idorasi rahbarining mamlakatimizga ilk tashrifi hisoblanadi. Tashrif doirasida O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasida ikki mamlakat Oliy audit organlarining rasmiy uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv avvalida Hisob palatasi raisining birinchi o‘rinbosari M. Abdullaev O‘zbekiston va Xitoy xalqalari o‘rtasidagi chuqur tarixiy negizga ega an'anaviy do‘stlik munosabatlariga to‘xtalib, ikki mamlakat o‘rtasidagi istiqbolli hamkorlik salohiyati yuqori ekanligini qayd etdi. So‘ng M. Abdullaev hozirda Hisob palatasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli transformasion jarayonlar haqida ma'lumot berdi.
Uchrashuv davomida ikki tomonning delegasiyalari tomonidan tayyorlangan taqdimotlar o‘tkazildi. Taqdimotlarda dolzarb bo‘lgan auditning tematik yo‘nalishlariga e'tibor qaratildi. Xususan, audit metodologiyalari, zamonaviy audit texnologiyalari va axborot texnologiyalari tizimlarini takomillashtirish bo‘yicha fikr almashildi.
Shu bilan birga, Xitoy Xalq Respublikasi Milliy auditi idorasi bilan hamkorlik aloqalarini mustahkamlashga qaratilgan tomonlar o‘rtasida Memorandum imzolandi.
Mazkur Memorandum doirasida ikki mamlakat Oliy audit organlari o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish, tashqi audit metodologiyalari, axborot texnologiyalari va innovasion yechimlar sohasida tajriba almashish, shuningdek, kadrlar salohiyatini oshirish va kasbiy rivojlanishni rag‘batlantirish bo‘yicha kelishuvlar nazarda tutilgan.
Shu bilan birga, ikki idora xodimlar o‘rtasida o‘zaro tajriba almashinuvlarini yo‘lga qo‘yish, audit jarayonlarini raqamlashtirish, sun'iy intelekt va boshqa ko‘plab muhim bo‘lgan yo‘nalishlarda hamkorlik qilishga kelishildi.
Xitoy Bosh auditori Xou Kai boshchiligidagi delegasiya Hisob palatasining Masofaviy nazorat markazi faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Delegasiya a'zolariga Hisob palatasi tomonidan audit jarayonlarida axborot texnologiyalaridan foydalanish va raqamlashtirish sohasida amalga oshirilayotgan transformasiya jarayonlari haqida ma'lumot berildi.
Uchrashuv yakunida O‘zbekiston va Xitoy Oliy audit organlari o‘rtasida idoralararo kengash tuzildi. Tomonlar, shuningdek, 3 yilga mo‘ljallangan amaliy chora-tadbirlar rejasini yaqin kelajakda tuzish bo‘yicha dastlabki kelishuvga erishdi.


Boshqa yangiliklar
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_677681865e7ae457868e1370.jpg)
O‘zbekiston Hisob palatasi jamoasi Turkiyadagi treninglarda ishtirok etdi
06.09.2025
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_7c098013d043bb550d110d54.jpg)
Qirg‘iziston “Davlat auditining mustaqilligini ta'minlash” mavzusidagi seminarga mezbonlik qildi
04.09.2025
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_48566d33c405db9a740c1a5d.jpg)
BAYRAM TABRIGI
04.12.2025
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_dbc87cde76f1d257bb4de3b5.png)
Hisob palatasining birinchi yarim yillik yakunlari bo‘yicha brifingi
24.07.2025
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_991ee989985432086c3115eb.jpg)
Hisob palatasi delegasiyasi Xitoy milliy audit idorasining raqamlashtirish faoliyati bilan tanishdi
14.09.2025