23.05.2026
Butan Qirolligi Oliy audit muassasasi vakillarining O‘zbekistonga tashrifi ularda unutilmas taassurotlar qoldirdi
Butan Qirolligi oliy audit organi vakillari Tashi Dema va Lhakpa Toshkent shahrida “Audit jarayonlarini raqamlashtirish va katta hajmli (Big Data) ma’lumotlarni sun’iy intellekt orqali tahlil qilish” mavzusida o‘tkazilayotgan xalqaro konferensiyada Butan Qirolligida amalga oshirilayotgan IT auditi bo‘yicha islohotlar hamda kelgusida ushbu yo‘nalishda O‘zbekiston bilan hamkorlik qilish yuzasidan o‘z taklif va mulohazalarini bildirishdi.

Ular mamlakatimizning zamonaviy taraqqiyot yo‘li, raqamlashtirish sohasidagi yutuqlari, boy madaniy merosi va xalqimizning yuksak mehmondo‘stligini alohida e’tirof etdilar.
Mehmonlarning ta’kidlashicha, O‘zbekiston bugungi raqamli dunyo talablariga mos ravishda jadal rivojlanayotgan, IT va sun’iy intellekt texnologiyalarini keng joriy etayotgan ilg‘or mamlakatlardan biri hisoblanadi. Shu bilan birga, mamlakatda milliy qadriyatlar, tarixiy meros va madaniy an’analarni asrab-avaylashga qaratilayotgan e’tibor ularda katta hurmat uyg‘otgan. Ayniqsa, poytaxt shahrining ozodaligi va tartibliligi, insonlarning samimiyligi, ochiqko‘ngilligi va mehmondo‘stligi ham ularning alohida e’tiboriga sazovor bo‘lgan.
Shuningdek, mehmonlar o‘zbek milliy taomlarining betakror ta’mi va yurtdagi samimiy muhitdan katta mamnuniyat olganliklarini bildirdilar. Ular O‘zbekistonni nafaqat zamonaviy taraqqiyot, balki boy tarix va yuksak madaniyat uyg‘unlashgan mamlakat sifatida baholadilar.
Konferensiya haqida fikr bildirgan ishtirokchilar bugungi global o‘zgarishlar davrida raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt sohasidagi xalqaro hamkorlik tobora muhim ahamiyat kasb etayotganini ta’kidladilar. Ular mazkur konferensiyani juda mazmunli, amaliy va ilhomlantiruvchi maydon sifatida baholab, bunday anjumanlar turli davlatlar oliy audit muassasalari o‘rtasida tajriba almashish va o‘zaro hamkorlikni mustahkamlashda muhim o‘rin tutishini qayd etdilar.
Shu munosabat bilan, bu kabi amaliy ahamiyati yuqori bo‘lgan konferensiyalarni an’anaviy tarzda har yili o‘tkazish maqsadga muvofiqligi yuzasidan fikr bildirdilar.
Qirollik Oliy audit muassasasi vakillarida ayniqsa O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining Masofaviy audit markazi katta qiziqish va hayrat uyg‘otdi. Ushbu markaz zamonaviy audit tizimining ilg‘or namunasi sifatida yuqori baholandi.
Ular masofaviy audit mexanizmi audit jarayonlarini tezkor, shaffof va samarali tashkil etish, vaqt hamda mablag‘ni tejashda muhim innovatsion yechim sifatida e’tirof etib, mazkur tajribani o‘z mamlakatlarida amalga oshirilayotgan Smart Audit Platform loyihasida qo‘llash niyatida ekanliklarini alohida ta’kidladilar.
Vakillar tomonidan ikki davlat oliy audit muassasalari o‘rtasida kelgusida o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirish uchun katta imkoniyatlar mavjudligiga alohida to‘xtalib o‘tildi.
Xususan, O‘zbekistonning audit sohasida IT va AI texnologiyalarini qo‘llash bo‘yicha tajribasi Butan uchun muhim ahamiyatga ega ekanligi ta’kidlandi.
Shu bilan birga, Butanning davlat xizmatlarida hisobdorlikni ta’minlash borasidagi tajribasi ham o‘zaro hamkorlik doirasida foydali bo‘lishi mumkinligi bildirildi.
Mehmonlar tashrif yuqori saviyada tashkil etilganini, barcha jarayonlar puxta va professional darajada o‘tganini alohida mamnuniyat bilan qayd etib, O‘zbekiston xalqiga samimiy minnatdorlik izhor etdilar.
Shuningdek, vakillar O‘zbekistonda orttirilgan tajriba, iliq qabul va samimiy muhit uzoq vaqt yodda qoladigan unutilmas xotiraga aylanganini ta’kidladilar.


Boshqa yangiliklar
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_62ba9ea82783809349cbd37d.jpg)
Xitoyda ShHTga a'zo mamlakatlar yosh auditorlari uchun xalqaro seminar bo'lib o'tdi
1467
26.09.2025
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_516fe5485af689d45a8a2b4d.jpg)
Raqamlashtirish orqali samaradorlikka: Davlat korxonalarida yangi bosqich boshlandi
1965
08.12.2025
Hisob palatasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Murojaatnomasini o'rganishga bag‘ishlangan iqtisodiy o‘qish o‘tkazildi
1191
04.01.2026
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_6ff194cead0d3100fbcc9df9.jpg)
OTB: “Oliy audit organlarini mustahkamlash: O‘zbekistondan saboqlar”
292
25.03.2026
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_ca0d42ac33b894ff92c97c89.jpg)
BAYRAM TABRIGI
3000
16.11.2025