O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi Oliy audit organlari xalqaro tashkiloti (INTOSAI)ga kirgandan so‘ng uning loyiha va dasturlarida faol ishtirok etmoqda. Jumladan, Hisob palatasi INTOSAI Taraqqiyot tashabbusi (IDI) bilan keng qamrovli hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan. Joriy yilda Hisob palatasi IDI tomonidan amalga oshiriladigan “Global hisobdorlik tashabbusi”ga (Global SAI Accountability Initiative) qo‘shildi.
28.09.2025
Hisob palatasi INTOSAI Taraqqiyot tashabbusi bilan hamkorlikni mustahkamlamoqda

Ma'lumot o‘rnida: INTOSAI Taraqqiyot tashabbusi (IDI) Oliy audit organlari xalqaro tashkiloti (INTOSAI) tarkibiga kiruvchi organ hisoblanadi. U asosan rivojlanayotgan mamlakatlarda Oliy audit organlari salohiyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlaydi. IDI 1986 yilda Sidney Kongressi davomida tashkil etilgan. Norvegiya Bosh auditori IDI Kengashi raisi vazifasini bajaradi.
Hamkorlikni chuqurlashtirish maqsadida INTOSAI Taraqqiyot tashabbusi Malaka oshirish bo‘limi boshqaruvchisi N. Albanova O‘zbekistonga amaliy tashrif bilan keldi. Hisob palatasida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda hamkorlikning joriy holati va istiqbollari muhokama etildi.
Hisob palatasi raisining birinchi o‘rinbosari M. Abdullaev ushbu idorada hozirda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli transformasiyalar haqida so‘z yuritdi. Asosiy e'tibor xalqaro standartlar asosida audit tadbirlarini tashkil qilishga qaratildi.
N. Albanova, o‘z navbatida, Hisob palatasini institusional qo‘llab-quvvatlash, uning faoliyatiga INTOSAI metodologiyalarini joriy qilish masalalariga to‘xtaldi.
“Global hisobdorlik tashabbusi” (GSAI) doirasida O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasiga Gruziya Davlat auditi idorasi (Oliy audit organi) tomonidan texnik va maslahat yordami ko‘rsatilishi aytildi.
Shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi, Gruziya Davlat auditi idorasi va INTOSAI taraqqiyot tashabbusi o‘rtasida GSAI loyihasi bo‘yicha Hamkorlik memorandumini imzolash bo‘yicha muhokamalar amalga oshirilmoqda.
Boshqa yangiliklar
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_2059077d15b24b38dc671af0.jpg)
Aholi bandligi va daromadini oshirish boʻyicha ishlar tanqidiy tahlil qilindi
495
10.09.2026
Hisob palatasida davlat auditi va moliyaviy nazorati faoliyatini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar yuzasidan vebinar o‘tkazildi
1859
27.02.2026
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_4403b13492a599acd1835253.jpg)
Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasida davlat moliyaviy nazoratini kuchaytirish masalalari muhokama qilindi
1395
05.05.2026
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_8ee2d5c87b8e0c37004f3603.jpg)
Xalqaro moliya institutlari ishtirokidagi investitsiya loyihalari auditi o‘tkazildi
461
06.01.2025
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_b9e8b611e153fe80776c9a7c.jpg)
Xalqaro moliya institutlari ishtirokidagi avtomobil yoʻllari loyihalarining amalga oshirilishi tahlil qilindi
818
03.08.2026