03.08.2026
Xalqaro moliya institutlari ishtirokidagi avtomobil yoʻllari loyihalarining amalga oshirilishi tahlil qilindi
Oʻzbekistonda avtomobil yoʻllari sohasini modernizatsiya qilish, ichki avtomobil yoʻllari oʻtkazuvchanligini 50 foizga oshirish, xizmat koʻrsatish muddatini 25 yilgacha uzaytirish, avtotransport vositalari uchun qulayliklar yaratish maqsadida xalqaro moliya institutlari ishtirokida yirik investitsiya loyihalari amalga oshirilmoqda.

Shundan, hozirgi kunda sohada umumiy qiymati 2,3 mlrd dollarlik 13 ta yirik loyiha ijrosi davom etmoqda.
Hisob palatasi tomonidan Osiyo taraqqiyot banki hamda Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki ishtirokida amalga oshirilayotgan umumiy qiymati 512 mln AQSH dollariga teng ikki yirik investitsiya loyihalarining amalga oshirilish holati, moliyaviy intizom, qurilish ishlarining borishi va shartnoma majburiyatlariga rioya qilinishi auditi oʻtkazildi.
Amalga oshirilayotgan 6 ta loyiha boʻyicha 2022–2025-yillarda 246,3 mln dollar, 2026-yil yanvar–may oylarida esa 25,4 mln dollar investitsiya oʻzlashtirilgan.
Audit jarayonida loyihalarni amalga oshirishda ayrim tashkiliy va ijro intizomiga oid kamchiliklar mavjudligi qayd etilgan. Jumladan:
644,9 mln dollarlik 4 ta loyihada moliyalashtirish boshlangan boʻlsa-da, investitsiyalarni oʻzlashtirish ishlari boshlanmagan;
28,5 mln dollarlik 6 ta shartnoma boʻyicha qurilish ishlari tasdiqlangan kalendar grafiklaridan 12 oygacha ortda qolmoqda;
4 ta qurilish obyektlarida belgilangan muddatga nisbatan mablagʻlarning atigi 7–45 foizi oʻzlashtirilgan. Bu esa qurilish ishlarining kechikishi va loyihalarning belgilangan muddatlarda yakunlanmaslik xavfini oshirmoqda.
Bundan tashqari, ayrim obyektlarda loyihalashtirish ishlarida kamchiliklarga yoʻl qoʻyilgan. Jumladan:
10 ta obyektda ishchi loyihalar belgilangan muddatlarda ishlab chiqilmagan;
4 ta shartnoma boʻyicha 18 ta obyektda davlat ekspertizasi xulosalari olinmagan;
1 ta obyekt boʻyicha ekspertiza yakunlanmasdan turib ayrim toʻlovlar amalga oshirilgan holatlar kuzatilgan.
Xususan, “Sirdaryo viloyati Mirzaobod va Sirdaryo tumanlaridagi qishloq avtomobil yoʻllarini sement-beton qoplamaga oʻtkazish (25,4 km)” loyihasi boʻyicha ekspertiza xulosasi oʻrganish kuniga qadar olinmagan.
Bu kabi holatlar loyihalarni boshqarish tizimidagi tashkiliy muammolar amaliyotda saqlanib qolayotganini koʻrsatmoqda.
Mazkur audit xalqaro moliya institutlari mablagʻlari ishtirokida amalga oshirilayotgan yirik infratuzilma loyihalarida boshqaruv samaradorligini yanada oshirish, loyihalarni rejalashtirish sifatini yaxshilash hamda qurilish ishlari ustidan taʼsirchan nazoratni yanada kuchaytirish zarurligini koʻrsatdi.
Audit natijasida ishchi guruh tomonidan:
investitsiya loyihalarining amalga oshirilishini doimiy monitoring qilish;
mablagʻlarni oʻzlashtirishni haqiqiy bajarilgan ishlar bilan muvofiqlashtirish;
muhandislik va texnik nazorat sifatini oshirish;
pudrat tashkilotlarining shartnoma majburiyatlari bajarilishi ustidan qatʼiy nazorat oʻrnatish;
loyiha-smeta hujjatlarini oʻz vaqtida tayyorlash va ekspertizadan oʻtkazish ishlarini kuchaytirish yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar berildi.
Hisob palatasi tomonidan aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va kelgusida yoʻl qoʻymaslik yuzasidan Transport vazirligiga tegishli koʻrsatmalar hamda tavsiyalar kiritildi.
Mazkur holatlar yuzasidan masʼul tashkilotlar ishtirokida tanqidiy muhokama oʻtkazilib, kamchiliklarni qisqa muddatlarda bartaraf etish, qurilish ishlarini jadallashtirish va loyihalarni belgilangan muddatlarda yakunlashga qaratilgan chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqildi hamda uning ijrosi boʻyicha monitoring yoʻlga qoʻyildi.

Boshqa yangiliklar
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_c733748f82db1af1b56577bc.jpg)
Huquqni muhofaza qilish akademiyasida xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi
1757
28.11.2025
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_8f8a74f019d782ef745139b4.jpg)
Mahalliy budjetlarda qo‘shimcha manbalar shakllanishi va ulardan foydalanilishi tahlili
751
20.04.2026
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_1b49450df6e1a5c0310cc667.jpg)
Joriy yilning 1-choragida Hisob palatasi tomonidan Namangan viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar kompleks baholashdan o‘tkazildi.
911
27.04.2026
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_4be405c3ebc8066be568db85.jpg)
Prezident: “Har bir qaror, har bir xizmat, har bir jarayon faqat inson manfaatiga xizmat qilishi zarur”
1780
27.11.2025
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_ac2fde3e0cbb35d9dadc8c3d.jpg)
Xitoy Bosh auditori Nankinda tahsil olayotgan Hisob palatasi xodimlari bilan uchrashdi
438
29.03.2026