08.12.2025
Raqamlashtirish orqali samaradorlikka: Davlat korxonalarida yangi bosqich boshlandi
O‘zbekistonda yirik davlat korxonalarini raqamlashtirish, xarajatlarni kamaytirish va samaradorlikni oshirish borasidagi ishlar izchil davom etmoqda.

2025-yilning 27-oktabr kuni Prezident rahbarligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida berilgan topshiriqlar ushbu sohada yangi yo‘nalishlarni belgilab berdi.
Mazkur yig‘ilishda strategik korxonalarda tannarxni kamaytirish, xarajatlarni qisqartirish, boshqaruvda raqamli texnologiyalar ulushini oshirish hamda 2026-yil uchun biznes-rejalarni tubdan takomillashtirish vazifalari belgilab berildi.
Aynan shu vazifalarni amaliy ijroga yo‘naltirish maqsadida 2025-yil 18-noyabrda “Davlat korxonalarida tannarxni kamaytirish va samaradorlikni oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi F-59-sonli farmoyish qabul qilindi.
U mazkur yo‘nalishdagi islohotlarni huquqiy jihatdan mustahkamlab, raqamli boshqaruv va avtomatlashtirishni amalga oshirishda asosiy dasturil-amal vazifasini o‘tamokda.
Farmoyishga muvofiq, 2026-yil 1-martdan 20 ta strategik yirik davlat korxonalarida raqamlashtirishga asoslangan “Yagona g‘aznachilik” va “Moliyaviy model” axborot tizimlari ishga tushirilishi belgilandi.
Ushbu tizimlar xarajatlarni rejalashtirish, xaridlar va g‘aznachilik to‘lovlarini markazlashgan tarzda nazorat qilish, biznes-rejalar ijrosini monitoring qilish imkonini beradi.
“O‘zkimyosanoat” AJ tajribasi – raqamlashtirish amaliyotidagi pilot maydon.
Davlat rahbarining 2025-yil 6-fevraldagi topshirig‘iga muvofiq Hisob palatasi boshchiligida “O‘zkimyosanoat” AJda “Avtomatlashtirilgan axborot-tahlil markazi” faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.
Shu boisdan, “Avtomatlashtirilgan axborot-tahlil markazi”da 20 ta strategik yirik davlat korxonalari vakillari uchun raqamlashtirishning moliyaviy-xo‘jalik samaradorligi bo‘yicha taqdimot tashkil etildi.
Ishtirokchilarga markazdagi “Yagona raqamli platforma”, “Yagona g‘aznachilik”, “Mening omborim” va “Moliyaviy model” kabi axborot tizimlarining imkoniyatlari namoyish qilindi.
Korxonalarga ushbu tizimlarning ishlab chiqarish jarayoniga integratsiyasi, onlayn monitoring, hisob-kitoblarni avtomatlashtirish va xaridlar shaffofligini ta’minlashdagi afzalliklari batafsil tushuntirib berildi.
Tadbir interaktiv formatda o‘tdi.
Unda strategik yirik korxonalar rahbarlarining iqtisod bo‘yicha o‘rinbosarlari, hisobxona, g‘aznachilik va IT bo‘limlari xodimlaridan iborat 80 ga yaqin mutaxassis ishtirok etdi.
Mavjud muammolar, raqamlashtirish jarayonida yuzaga kelayotgan texnik va tashkiliy masalalar batafsil muhokama qilindi.
Hisob palatasi tomonidan bildirgan fikr-mulohazalar inobatga olinib, korxonalarga aniq amaliy tavsiyalar va yo‘l-yo‘riqlar berildi.
Mazkur jarayon raqamli boshqaruv modelini mamlakat miqyosida bosqichma-bosqich amaliyotga joriy etishga xizmat qiladi.


Boshqa yangiliklar
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_1c058345392d808abf76d45c.jpg)
Banklar ishtirokida mahallalarda aholi bandligini ta'minlash va daromadli qilish borasida amalga oshirilgan ishlar o‘rganildi
2455
10.09.2025
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_f3c009b9c3443b252646fc13.jpg)
Mahalliy byudjetlarning 2024 yil ijrosi to‘g‘risidagi hisobotlari tashqi auditi natijalari kengashlarda muhokama qilindi
1674
16.06.2025
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_3f46fcfe37f656201ef62b96.jpg)
Mustaqillik bayrami munosabati bilan turli sohalar vakillariga oliy mukofotlar topshirildi
1424
26.08.2025
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_1ae5bb8f23d13809e328ce2d.jpg)
Tejamkorlik va barqarorlikni ta'minlashga bag‘ishlangan navbatdagi seminar
1711
05.02.2025
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_84d7e8c8decd9e86ba1ef0bb.png)
Mudofaa vazirligida davlat xaridlari tizimida raqobat muhiti va shaffoflikni ta'minlash bo‘yicha muhokama o‘tkazildi
159
15.07.2026