27.05.2025
Latviyalik auditorlar tomonidan Hisob palatasida treninglar o‘tkazildi
Latviya Davlat nazorati (Oliy audit organi) xodimlari O‘zbekiston Hisob palatasida amaliy tashrif bilan bo‘ldi. Bu latviyalik auditorlarning ikkinchi tashrifi hisoblanadi.
Ma'lumot o‘rnida: Latviya Davlat nazorati – mamlakatning mustaqil, kollegial idorasi bo‘lib, davlat va munisipal byudjet mablag‘lari auditi bilan shug‘ullanadi. Uning maqomi Konstitusiyada belgilangan. 1918 yilda tuzilgan. INTOSAI, YeVROSAI, Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti kabi tuzilmalarda faol idora hisoblanadi. Yevropa Ittifoqi va NATO kabi nufuzli tashkilotlarning tarkibiy qismlarini ham auditdan o‘tkazadi.
Uchrashuvda Hisob palatasi raisining birinchi o‘rinbosari M. Abdullaev Hisob palatasida hozirda amalga oshirilayotgan tarkibiy islohotlar haqida ma'lumot berdi. Latviyalik mehmonlar Nataliya Mixaylova va Roberts Yumikis, shuningdek, Hisob palatasining Masofaviy nazorat markazi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
So‘nggi davrda Hisob palatasi o‘z faoliyatini avvalgi moliyaviy tekshirishlardan xalqaro standartlar asosida audit o‘tkazishga qaratib, davlatning professional xulosa beruvchi va baholovchi audit organi sifatida qayta shakllantirilgani ta'kidlandi.
Latviya Davlat nazorati auditorlari tomonidan Hisob palatasi jamoasi uchun “samaradorlik auditi” mavzusida 30-soatli maxsus o‘quv-trening kurslari tashkil qilindi. Unda Hisob palatasining 30 ga yaqin xodimi ishtirok etdi.
Treningda samaradorlik auditining asosiy xususiyatlari va tamoyillari haqida batafsil ma'lumot berildi. Samaradorlik auditini rejalashtirish, ma'lumotlarni tahlil qilish, xavflarni aniqlash, ularni baholash va dalillarni olishga e'tibor qaratildi. Ichki sifat nazorati, auditorlik xulosasi va hisobotini tayyorlash hamda muvofiqlashtirish yo‘nalishlariga urg‘u berildi.
O‘quv treninglar jonli, interaktiv formatda bo‘lib o‘tdi.
Tomonlar xalqaro standartlar asosida audit o‘tkazish masalalarida yanada yaqinroq hamkorlik qilish va tajriba almashishga kelishib oldi.
Boshqa yangiliklar
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_32a01b161061d387fad96887.jpg)
Hisob palatasining 2025 yilgi faoliyat bo‘yicha brifing
1994
05.02.2026
Hisob palatasi va Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati o‘rtasida hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi
591
19.06.2026
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_665fabc75a11582d44cd77e7.jpg)
Hisob palatasi INTOSAIning Qazib oluvchi sanoat tarmoqlari auditi bo‘yicha ishchi guruhiga a’zo bo‘ldi
191
14.05.2026
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_34ca8b5cd7ed4a66ac391b33.jpg)
Qirg‘izistonlik auditorlar: “Toshkentdagi konferensiya yangi davrni boshlab beradi”
317
25.05.2026
Hisob palatasida Islom taraqqiyot banki baholash missiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
193
26.07.2026