Saytning eski versiyasiga o`tish

O'zb

15.10.2025

Suv xo‘jaligi vazirligida “Situasion markaz” ishga tushirildi

Suv xo‘jaligi vazirligida “Situasion markaz” ishga tushishi munosabati bilan marosim bo‘lib o‘tdi. Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, Hisob palatasi, Suv xo‘jaligi¸ Qishloq xo‘jaligi, Iqtisodiyot va moliya, Raqamli texnologiyalar vazirliklari, Soliq qo‘mitasi, “Uzinfocom” va boshqa aloqador tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.

Tadbirning ochilishida Suv xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Z. Ishpo‘latov so‘zga chiqib, Davlatimiz rahbari boshchiligida ushbu tizimda keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilayotganligi, xususan, iqtisodiyot tarmoqlari va aholining sug‘orish suviga bo‘lgan talabini qondirish, mavjud resurslardan oqilona va samarali foydalanishni ta'minlash va soha boshqaruvini raqamlashtirishga alohida e'tibor qaratilayotganligini ta'kidladi.


Hisob palatasining tashabbusi va ishtirokida tashkil qilingan “Situasion markaz”da suv va energiya resurslari hisobi hamda suv xo‘jaligi sohasiga ajratilgan mablag‘lardan to‘g‘ri va maqsadli foydalanish bog‘liq jarayonlarning monitoringi yuritiladi. Buning uchun “Uzinfocom” korxonasi bilan hamkorlikda suv xo‘jaligi sohasiga oid mavjud dasturiy ta'minotlarning texnik holati yaxshilanib, ularni yanada takomillashtirish ishlari amalga oshirildi.


Sohada mavjud barcha dasturiy ta'minotlar ma'lumotlarini yig‘ish, umumlashtirish va tahlil qilish imkonini beruvchi “Raqamli suv xo‘jaligi” yagona platformasi ishlab chiqildi.


Natijada suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha kunlik, operativ (tezkor) ma'lumotlarni olish imkoniyati yanada oshirildi. Respublikada mavjud 630 mingdan ortiq suv iste'molchilari kesimida suv olish limitlarini belgilash, ularni tuman Xalq deputatlari kengashi bilan kelish jarayonlari to‘liq elektron ko‘rinishga o‘tkazildi. 


Bundan tashqari, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan nasos stansiyalarda o‘rnatilgan 8 mingdan ziyod elektr hisoblagichlar ma'lumotlari “Nasos stansiyalari” axborot tizimiga bog‘lanib, sarflanayotgan elektr energiya resurslarini elektron hisobini yuritish imkoniyati yaratildi. 


Yerlarning meliorativ holatini monitoringini yuritish, suv xo‘jaligi ob'ektlarining texnik holatini nazorat qilish hamda suv kadastri va suv balanslarini yuritish tizimi takomillashtirildi. Suv xo‘jaligi jarayonlarini bir joydan kuzatish va boshqarish tizimi yo‘lga qo‘yildi.


Axborot tizimlari yordamida suv xo‘jaligi ob'ektlarida o‘rnatilgan 30 mingdan ortiq raqamli qurilmalar ma'lumotlarini kuzatish imkoniyatlari yaxshilandi. Natijada suvni o‘lchash va boshqarish jarayonlarida 20 foizgacha suvning texnik yo‘qolishlari oldi olinmoqda.


img-0
img-1img-2