Joriy yilning 15 iyun' – 5 iyul' kunlari Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) tomonidan Tokio shahrida “Qurilish ishlari samaradorligi bo‘yicha davlat auditi” mazusida o‘quv trening dasturi bo‘lib o‘tdi. Tadbir JICA tomonidan Yaponiya Audit kengashi (Oliy audit organi) bilan hamkorlikda tashkil etildi.
06.07.2025
Yaponiyada qurilish ishlarining davlat auditiga oid treninglar bo‘lib o‘tdi

Unda dunyoning ko‘plab davlatlari Oliy audit organlarida davlat qurilish ishlarining auditi bo‘yicha javobgar bo‘lgan vakillar ishtirok etdi. Tadbirda O‘zbekiston Hisob palatasi mas'ul xodimi Sh.Soliev qatnashdi.
Ma'lumot o‘rnida: So‘nggi yillarda O‘zbekiston Hisob palatasi va Yaponiya Audit kengashi o‘rtasidagi munosabatlar jadal sur'atlar bilan rivojlanib kelmoqda. 2024 yilning iyun' oyida Hisob palatasi raisining birinchi o‘rinbosari M. Abdullaev boshchiligidagi delegasiyaning Tokioga tashrifi ikki idora o‘rtasidagi munosabatlarni yangi darajaga olib chiqdi.
Dastur doirasida Yaponiya Audit kengashining tajribali auditorlari tomonidan qurilish auditiga oid 16 ta dolzarb mavzu bo‘yicha intensiv treninglar o‘tkazildi.
Nazariy muhokamalar Kengash qoshidagi Gunma prefekturasida joylashgan Annaka o‘quv markazida amaliy mashg‘ulotlar bilan to‘ldirildi.
“NEXCO-East Engineering” kompaniyasining o‘quv markazi va Surumi daryosidagi suvni saqlash havzasi kabi bir nechta ob'ektlarga tashrif buyurildi.
Audit hisobotlarining shaffofligini ta'minlash, audit jarayonidagi tizimli qiyinchiliklarni bartaraf etish masalalari yuzasidan ilmiy-amaliy muhokamalar o‘tkazildi.
Ishtirokchilar davlat qurilish ishlarining auditi bo‘yicha yangi ilg‘or tushunchalarga ega bo‘lib, yapon mutaxassislari bilan faol fikr almashidilar. Samaradorlik auditini o‘tkazish bo‘yicha yaponiyalik auditorlar tomonidan malakali tavsiyalar berildi.
Dasturni muvaffaqiyatli yakunlagan ishtirokchilarga tashkilotchilar tomonidan sertifikatlar taqdim etildi.



Boshqa yangiliklar
Nankin audit universiteti delegatsiyasi Hisob palatasiga tashrif buyurdi
2281
16.06.2026
Avtotransport vositalarini texnik ko‘rikdan o‘tkazish va qayta jihozlash bo‘yicha audit o‘tkazildi
1496
08.04.2026
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_1915d90a02d1d80db089b05a.jpg)
Oʻzbekiston Prezidenti Osiyo taraqqiyot bankining yillik yigʻilishi doirasida hamkorlikning asosiy yoʻnalishlarini belgilab berdi
1689
04.05.2026
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_543f6630b5b23c41f10cff86.jpg)
Bahouddin Naqshband maqbarasi ziyorat qilindi
456
24.08.2026
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_169a8b0a1ceeeafb885f801d.jpg)
O‘zbekistonda yirik energetika quvvatlari ishga tushirildi va navbatdagilarining qurilishi boshlandi
3212
04.12.2025