08.04.2026
Avtotransport vositalarini texnik ko‘rikdan o‘tkazish va qayta jihozlash bo‘yicha audit o‘tkazildi
Hisob palatasi tomonidan avtotransport vositalarini texnik ko‘rikdan o‘tkazish va qayta jihozlash xizmatini amalga oshirgan tadbirkorlik subyektlarining soliq majburiyatlari bajarilishi o‘rganildi.
Respublika bo‘yicha 2023–2025 yillarda 4,5 mln ta avtotransport vositalari texnik ko‘rikdan o‘tkazilgan, qayta jihozlangan avtotransport vositalari soni 937,3 mingtani tashkil etgan.
Sohada ko‘rsatilgan xizmatlarni raqamlashtirish hamda vakolatli idoralar o‘rtasida elektron ma’lumot almashinuvi yo‘lga qo‘yilishida tizimli kamchiliklar mavjudligi tahlil qilindi. Jumladan:
– YHXX axborot tizimi va soliq idoralari ma’lumotlar bazalari o‘zaro integratsiya qilinmagani sababli sohada xizmatlar hisobi to‘laqonli yo‘lga qo‘yilmagan;
– texnik ko‘rik o‘tkazish huquqini beruvchi malaka guvohnomalarining amal qilish muddatiga rioya etilishi raqamlashtirilmagan;
– respublika bo‘yicha 65 ta tuman (shahar)da texnik ko‘rikdan o‘tkazish punktlari tashkil etilmagan.
O‘rganish natijasida:
-aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish;
-sohada faoliyat yurituvchi subyektlarning hisobini yuritish;
-xizmat ko‘rsatishdan tushgan naqd pul mablag‘larining bankdan tashqari aylanmasini qisqartirish;
-soliq tushumlarining to‘liqligini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlarni belgilash yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi hamda Soliq qo‘mitasiga ko‘rsatma yuborildi.
Shuningdek, faoliyatni takomillashtirish va kelgusida budjetga tushumlarni oshirish yuzasidan tavsiyalar berildi. Xususan:
– majburiy texnik ko‘rikda nosoz deb topilgan avtotransport vositalarida aniqlangan nosozliklarni bartaraf etish va qayta texnik ko‘rikdan o‘tish muddatlarini belgilash;
– YHXX axborot tizimida texnik jihatdan malakalangan subyektlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar almashinuvi yo‘lga qo‘yish;
– texnik ko‘rik va transport vositalarini qayta jihozlashga oid ko‘rsatilgan davlat xizmatlari ma’lumotlarini soliq idoralari axborot tizimiga integratsiya qilish;
– texnik ko‘rikdan o‘tkazish markazlari mavjud bo‘lmagan hududlarda tashabbuskor tadbirkorlik subyektlarini jalb etish orqali texnik ko‘rikdan o‘tkazish punktlarini tashkil etish;
– texnik ko‘rikdan o‘tkazish va qayta jihozlash faoliyatini amalga oshirayotgan tadbirkorlik subyektlarining soliq majburiyatlari bo‘yicha avtokameral tizimi orqali nazorat mexanizmlarini joriy qilish.

Boshqa yangiliklar
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_8ee2d5c87b8e0c37004f3603.jpg)
Xalqaro moliya institutlari ishtirokidagi investitsiya loyihalari auditi o‘tkazildi
198
06.01.2025
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_48566d33c405db9a740c1a5d.jpg)
BAYRAM TABRIGI
2686
04.12.2025
Sun’iy intellekt texnologiyalariga bag‘ishlangan o‘quv-amaliy seminar
432
15.12.2025
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_2c3ea0b3e72305aacb2fa8f0.jpg)
Oʻzbekiston va Qirgʻiziston munosabatlari ittifoqchilik darajasiga koʻtarildi
424
31.07.2026
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_95b7cea0d789a91bdb82a472.jpg)
Hisob palatasi KPMG Аkademiyasi bilan Memorandum imzoladi
2249
09.02.2025