Raqamlashtirishni rivojlantirish vazirligida Vazirlar Mahkamasi xodimlari, vazirlik, idoralar va xo‘jalik birlashmalarining ijro intizomiga mas’ul bo‘linma boshliqlari ishtirokida ijro intizomiga bag‘ishlangan iqtisodiy o‘qish o‘tkazildi.
Ijro intizomiga bag‘ishlangan taqdimot

Unda Hisob palatasi sho‘ba mudiri A. Diyarov ushbu idora tomonidan Prezident hujjatlari ijrosini nazorat qilish hamda vazirlik, idoralar va mahalliy hokimliklarning ishlash jarayonida yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklar muhokamasiga doir taqdimot qildi.
Taqdimotda Hisob palatasi tomonidan 2024 yilda amalga oshirilgan ishlar, elektron tizimda yaratilgan qulayliklar, o‘tkazilgan o‘rganishlarda aniqlangan tizimli muammolar hamda ko‘rsatilgan amaliy yordamlarga to‘xtalib o‘tildi.
Shuningdek, qator kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan vazirlik va idoralarga tegishli taklif va yo‘nalishlar muhokama etilib, 2025 yilda amalga oshiriladigan ishlarga urg‘u berildi.
O‘tgan yil tajribasidan kelib chiqib, joriy yilda ham seminarlar bevosita vazirlik va idoralarda hamda zaruratga ko‘ra hududlarda ham tashkil etilishiga kelishib olindi.
Boshqa yangiliklar
Sun’iy intellekt texnologiyalariga bag‘ishlangan o‘quv-amaliy seminar
15.12.2025
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_de1975c2b06cad015982fdfa.png)
Yangi bob boshlandi: O‘zbekiston Hisob palatasi GSAI Tashabbusiga qo‘shildi.
15.06.2025
Hisob palatasi va Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati o‘rtasida hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi
19.06.2026
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_9623634b7a56bd040278a664.jpg)
Davlat xaridlarida manfaatlar to‘qnashuvini oldini olishga bag‘ishlangan yig‘ilish
21.08.2025
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_3605aadf183c654e28b05ee7.jpg)
Yaponiya delegatsiyasi vakili Yuiko xonim: “O‘zbekistonning raqamli audit sohasidagi yutuqlari kutganimizdan ham ilg‘or ekan”
24.05.2026