Iqtisodiyot va moliya vazirligida davlat xaridlarida manfaatlar to‘qnashuvi va affilanganlik holatlarini oldini olish maqsadida davlat buyurtmachilari ishtirokida keng tarkibdagi yig‘ilish o‘tkazildi.
21.08.2025
Davlat xaridlarida manfaatlar to‘qnashuvini oldini olishga bag‘ishlangan yig‘ilish

Unda Hisob palatasi, Bosh prokuratura, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, Raqobatni rivojlantirish va iste'molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi, yirik davlat korxonalari hamda boshqa vazirlik va idoralar vakillari ishtirok etdi.
Yig‘ilishda davlat xaridlarining oshkoraligi va samaradorligini ta'minlash, manfaatlar to‘qnashuvi va affilanganlik holatlarining oldini olish bo‘yicha amaliy choralar muhokama qilindi.
Tadbir davomida davlat buyurtmachilari uchun yangi yo‘riqnomalar va qoidalar taqdim etildi.
Hisob palatasi tomonidan davlat xaridlarida aniqlangan manfaatlar to‘qnashuvi va affilanganlik holatlari bo‘yicha ma'lumotlar taqdim etildi.
Shu bilan birga, Hisob palatasi tomonidan aniqlangan ushbu holatlar davlat xaridlaridagi ayrim kamchiliklar va noaniqliklar ko‘rsatilib, ularni bartaraf etish uchun tizimli choralar ko‘rish zarurligi ta'kidlandi.
Tadbir davomida davlat xaridlarining shaffofligini oshirish, korrupsiyaga qarshi kurashishda zamonaviy texnologiyalardan foydalanish va jarayonlarni takomillashtirish bo‘yicha fikrlar almashildi.
Bu kamchiliklarning takrorlanmasligi uchun sun'iy intellekt texnologiyalaridan foydalanilgan yangi axborot tizimini ishlab chiqish va joriy etish bo‘yicha rejalar taqdim etildi.


Boshqa yangiliklar
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_6fce33862eb98f56d2363cab.jpg)
Hisob palatasi ShHTga a'zo mamlakatlar Oliy audit organlari rahbarlarining uchrashuvida ishtirok etdi
1953
14.04.2025
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_69a1d21cf83fbc2a0677112b.jpg)
BAYRAM TABRIGI
1058
18.03.2026
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_3406ac2ed61ac5f940eacfb5.jpg)
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligida byudjet mablag‘larining samarali ishlatilishi ustidan monitoring
2680
04.07.2025
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_3876eec01456bd2a314d9f10.jpg)
Energetika tarmogʻida boshqaruv va masʼuliyatni kuchaytirish boʻyicha ustuvor vazifalar belgilandi
835
26.07.2026
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_b84f6e06edfef2d07bbc4eb4.jpg)
Oʻzsanoatqurilishbankda muammoli kredit qarzdorliklari tahlili natijalari
1072
01.07.2026