O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan vazirlik va idoralarda byudjet mablag‘larining maqsadli va samarali ishlatilishi ustidan nazoratni kuchaytirish masalasiga ustuvor e'tibor qaratilmoqda.
04.07.2025
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligida byudjet mablag‘larining samarali ishlatilishi ustidan monitoring

Shu bois, byudjet intizomini mustahkamlash maqsadida Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi va uning tizimiga kiruvchi tashkilotlarning byudjet mablag‘lari doirasidagi xarajatlarini amalga oshirish ustidan qat'iy va ta'sirchan nazoratni o‘rnatish belgilangan.
Hisob palatasining “Masofaviy markaz” AAT tomonidan Vazirlik ichki nazorat tuzilmalarida aniqlanayotgan xavflar bo‘yicha taxlillar doimiy tarzda taqdim etib borilmoqda.
Joriy yilning 4 iyul' kuni Hisob palatasi va Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi rahbariyati o‘rtasida muvofiqlashtiruvchi uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda Vazirlik tomonidan 2025 yil 1-yarim yillik va 2-yarim yillikda ko‘zlangan maqsadlar yuzasidan ma'lumot berildi.
Uchrashuvda “Ijro.gov.uz” elektron tizimiga kiritilgan topshiriqlar ijro holati muhokama qilindi.
Hisob palatasining tashabbusi bilan, Vazirlik huzurida tashkil etilgan “Xavflarni boshqarish” qo‘mitasi tuzilib, uning asosiy vazifalari belgilandi.
Shu bilan birga, real vaqt rejimida 24 ta vazirlik va idoralarning axborot tizimlari integratsiya qilindi.
Hisob palatasi tomonidan Vazirlikning ichki audit xizmati rivojlantirish dasturlarining samaradorligini sifatli va haqqoniy baholab borish hamda natijalarining “Davlat auditi” dasturiga to‘liq kiritilishini ta'minlash aytildi.
Uchrashuv yakunida xarajatlarni maqbullashtirish, ularni sohadagi boshqa zarur yo‘nalishlarga yo‘naltirish hamda tender o‘tkazish jarayonlarida qonuniy va shaffof o‘tkazilishini doimiy nazorat qilish masalalariga alohida e'tibor qaratildi.
Boshqa yangiliklar
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_a7a07a236ea92771e679466a.jpg)
Suv xo‘jaligi vazirligida raqamlashtirish ishlari bo‘yicha muhokamalar
2317
01.09.2025
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_3d83e197ae37fa039e0d32ac.jpg)
Davlat boshqaruvi sifatini oshirishda yangi bosqich boshlandi
1004
23.05.2026
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_97068a092541ecf6a23d6798.jpg)
O‘zbekiston Prezidenti YOII sammitida ishtirok etdi
2138
26.06.2025
Davlat byudjeti mablag‘larining samarali sarflanishi ustidan nazorat o‘rnatishga oid seminar
1332
23.02.2026
Ozarbayjon Hisob palatasi vakili Toshkentdagi xalqaro konferensiya va ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini yuqori baholadi
965
23.05.2026