Hurmatli Yurtdoshlar! O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi jamoasi nomidan Siz azizlarni muqaddas Ramazon hayiti munosabati bilan chin qalbimizdan samimiy muborakbod etamiz!
18.03.2026
BAYRAM TABRIGI

Ramazon hayiti — mehr-oqibat, saxovat va bag‘rikenglik fazilatlari yanada yuksaladigan, inson qalbi poklanib, ezgu amallarga intilish kuchayadigan ulug‘ ayyomdir.
Ushbu muborak kunlarda Yurtdoshlarimiz o‘rtasidagi o‘zaro hurmat va mehr-oqibat yanada mustahkamlanib, jamiyatimizda hamjihatlik va totuvlik muhiti yanada qaror topmoqda.
Bugungi kunda yurtimizda inson manfaatlarini ulug‘lash, ijtimoiy adolatni ta’minlash, aholining farovonligini oshirish borasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar ana shunday ezgu qadriyatlar bilan hamohangdir.
Hisob palatasi jamoasi ham davlat moliyaviy nazoratini samarali tashkil etish, budjet mablag‘larining oqilona va maqsadli sarflanishini ta’minlash orqali xalqimiz farovonligiga xizmat qilishni o‘zining muhim vazifasi deb biladi.
Ushbu qutlug‘ ayyom munosabati bilan Sizlarga mustahkam sog‘liq, xonadonlaringizga tinchlik-totuvlik, fayzu baraka, mehr-oqibat va baxt-saodat tilaymiz.
Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, qalblarimiz mehrga to‘lsin!
Ramazon hayiti muborak bo‘lsin!
Hurmat bilan,
O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi jamoasi

Boshqa yangiliklar
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_4e5e94d31f5bcec320360868.jpg)
O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan tabrik
2626
30.09.2025
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_17329af51aa8fac9b8d2b820.jpg)
Mahalla odamlar uchun ishonch, tayanch va imkoniyatlar markaziga aylanishi zarur
1109
17.07.2026
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_6f6c509bda2bf869253a3d1b.jpg)
Latviya Davlat audit idorasi rahbari Oliy Majlis palatalarida qabul qilindi
1881
04.12.2025
Bokuda bo‘lib o‘tgan xalqaro forumda Hisob palatasi vakili ishtirok etdi
1019
20.06.2026
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_21b102bf268798ed41c5cdfb.jpg)
Prеzidеntning O‘zbеkiston хalqiga Ramazon tabrigi
1195
17.02.2026