20.06.2026
Bokuda bo‘lib o‘tgan xalqaro forumda Hisob palatasi vakili ishtirok etdi
Ozarbayjon Respublikasining Boku shahrida 2026 yilning 16–19 iyun kunlari Islom taraqqiyot bankining yillik forumi bo‘lib o‘tdi.
Ushbu forum doirasida Ozarbayjon Respublikasi Hisob palatasi tashabbusi bilan “Barqaror mintaqaviy integratsiya uchun raqamli davlat auditi” mavzusida xalqaro tadbir tashkil etildi.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining 2 nafar mas’ul xodimi H. Jamalov va J. Dovurovlar ishtirok etdi.
Ozarbayjon Respublikasi Hisob palatasi raisi o‘rinbosari N. Sodiqov raqamli transformatsiya davlat boshqaruvi, davlat xizmatlari va hisobdorlik mexanizmlarini takomillashtirishda strategik ahamiyatga ega ekanini ta’kidladi.
Tadbirda ma’lumotlarni real vaqt rejimida qayta ishlash, xavflarni aniqroq baholash, katta hajmdagi ma’lumotlarni tahlil qilish va audit resurslaridan samarali foydalanish audit faoliyati sifatini yanada oshirish imkonini berishi aytildi.
Tadbir doirasida Ozarbayjon Respublikasi Hisob palatasi a’zosi, INTOSAI Professional Bayonotlar Forumi a’zosi H. Huseynov tomonidan “Barqaror mintaqaviy integratsiya uchun raqamli davlat auditi” mavzusida taqdimot o‘tkazildi.
Unda Ozarbayjonda raqamli infratuzilmani rivojlantirish, raqamli davrda Oliy audit organlari oldida turgan vazifalar, 2026–2030 yillarga mo‘ljallangan raqamlashtirish strategiyasi hamda davlat auditini raqamlashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlar haqida ma’lumot berildi.
Shuningdek, tadbir doirasida Ozarbayjon, Xitoy, Turkiya, Pokiston, Koreya Respublikasi va O‘zbekiston Oliy audit organlari vakillari ishtirokida panel muhokamalari bo‘lib o‘tdi.
Unda davlat auditida sun’iy intellekt, katta ma’lumotlar tahlili, raqamli audit tizimlari va axborot platformalarini joriy etish orqali audit samaradorligini oshirish masalalari muhokama qilindi.
Ishtirokchilar raqamli audit va axborot tizimlarini qo‘llash bo‘yicha o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashdi.
Amalga oshirilgan tashabbuslar, erishilgan natijalar va istiqboldagi rivojlanish yo‘nalishlari bo‘yicha taqdimotlar qilindi.
O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi vakili H. Jamalov O‘zbekistonda davlat auditi sohasida zamonaviy islohotlar, raqamli auditni rivojlantirish, axborot tizimlaridan foydalanish va ilg‘or tajribalar almashinuvini kengaytirish yuzasidan tematik taqdimot qildi.
Xususan, Hisob palatasining “Masofaviy audit” avtomatlashtirilgan axborot tizimining faoliyati, xavflarni aniqlash va sun’iy intellektdan foydalanish mexanizmlari haqida batafsil ma’lumot berildi.
Tadbir davlat auditi sohasida raqamli transformatsiya jarayonlarini jadallashtirish, yangi texnologiyalarni qo‘llash bo‘yicha hamkorlikni kengaytirish va oliy audit muassasalari o‘rtasida ilg‘or tajribalar almashinuvini yanada rivojlantirishga xizmat qildi.

Boshqa yangiliklar
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_176288dd274399c845598a28.jpg)
Hisob palatasi auditi natijalari muhokama qilindi: kamchiliklarni bartaraf etish va tizimni takomillashtirish bo‘yicha aniq vazifalar belgilandi
597
26.04.2026
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_ff8c6fb7e81fe4fbfa8b6af2.jpg)
HUDUDIY IJTIMOIY VA ISHLAB CHIQARISH INFRATUZILMANI RIVOJLANTIRISH DASTURLARI IJROSI TAHLILI NATIJALARI
701
13.05.2026
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_1915d90a02d1d80db089b05a.jpg)
Oʻzbekiston Prezidenti Osiyo taraqqiyot bankining yillik yigʻilishi doirasida hamkorlikning asosiy yoʻnalishlarini belgilab berdi
1366
04.05.2026
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_3877068db2acbfc4c659f3b6.jpg)
Iqtisodiyotda yuqori oʻsishni taʼminlash va aholi farovonligini oshirish boʻyicha ustuvor vazifalar belgilandi
870
20.07.2026
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_dae02bdf9af049ba9d4d653e.jpg)
O‘zbekiston Hisob palatasi vakillari Minsk shahridagi xalqaro seminarda ishtirok etdi
653
02.06.2026