O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi tomonidan “Raqamli transformasiya davrida huquqni muhofaza qilish sohasidagi zamonaviy chaqiriq va tahdidlar” mavzusida ikki kunlik xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyaga start berildi.
19.06.2025
Raqamli transformasiya davrida huquqni muhofaza qilish sohasidagi zamonaviy tahdidlar
Unda Bosh prokuratura, Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi, Oliy sud, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi hamda Hisob palatasi rahbariyati ishtirok etmoqda.
Tadbirda, shuningdek, Rossiya Federatsiyasi prokuraturasi universiteti, Turkiya adliya akademiyasi, Qirg‘iziston Respublikasi Yuridik akademiyasining vakillari va boshqalar qatnashmoqda.
Konferensiya doirasida huquqni muhofaza qilish faoliyatida fan va ta'limning dolzarb masalalari, kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish, korrupsiya va jinoiy daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish mavzulariga bag‘ishlangan parallel sessiyalar bo‘lib o‘tdi.
Hisob palatasi raisi o‘rinbosari A. Allaberganov ushbu idorada olib borilayotgan ishlar haqida ma'lumot berdi. Hisob palatasida raqamlashtirish va risk tahlili bo‘yicha “Big Data” texnologiyalari asosida katta hajmdagi ma'lumotlarni tahlil qiluvchi Masofaviy nazorat markazi tashkil etilgani ta'kidlandi.
Natijada Hisob palatasida axborot tizimlari orqali qonunga zid bo‘lgan davlat xaridlari buyurtmalari va to‘lovlarini real vaqt rejimida nazorat qilish modullari ishga tushirilgani aytildi.
Shu bilan bir qatorda, Davlat Rahbarining topshiriqlariga asosan Hisob palatasida sun'iy intellekt texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha ishlar boshlanganiga urg‘u berildi.
Sohada amalga oshirilayotgan islohotlar doirasida Hisob palatasi hozirda Bosh prokuratura va Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi bilan samarali hamkorlik olib bormoqda.
Tadbir doirasida korrupsiyaga qarshi ichki nazoratni samarali yo‘lga qo‘yish, qonunchilikka rioya etilishini ta'minlash va tadqiqot faoliyatini kuchaytirish maqsadida Hisob palatasi va Huquqni muhofaza qilish akademiyasi o‘rtasida memorandum imzolandi.
Boshqa yangiliklar
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_c9282825978461354603d927.jpg)
Fiskal shaffoflik bo‘yicha xalqaro hisobotda Hisob palatasi faoliyati ijobiy baholandi
523
27.08.2026
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_3406ac2ed61ac5f940eacfb5.jpg)
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligida byudjet mablag‘larining samarali ishlatilishi ustidan monitoring
2680
04.07.2025
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_d9909790a1001603533d059d.jpg)
Yangi Farmon OAV nigohida
765
17.07.2026
Davlat audit sohasida malakali kadrlarni tayyorlash masalalari muhokama qilindi
2084
11.09.2025
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_f3af55ca1330c5b2fda58e9b.jpg)
Asosiy kuch va e'tibor sharoiti og‘ir tuman va mahallalarga qaratiladi
1763
22.01.2026