30.04.2026
Davlat xaridlari sohasida korrupsiya va talon-torojliklarning oldini olishda Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligiga amaliy yordam ko‘rsatish va o‘zaro hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning hududlarga amalga oshirgan har bir tashrifi davomida yurtimizda olib borilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni takomillashtirish, joylardagi mavjud muammolarni bartaraf etish va sohalarning rivojlantirish istiqbollarini belgilash bilan bog‘liq muhim chora-tadbirlar izchil amalga oshirib kelinmoqda.
Davlat rahbarining 2026-yil 13-fevral kuni Toshkent viloyati Ohangaron tumaniga tashriflari doirasida Prezident Administratsiyasi Komplayens xizmati va Hisob palatasiga davlat xaridlari sohasida korrupsiya va talon-torojliklarning oldini olishda Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligiga amaliy yordam ko‘rsatish hamda o‘zaro hamkorlikni kuchaytirish bo‘yicha topshiriq berilgan edi.
Ushbu topshiriq ijrosini ta’minlash maqsadida Hisob palatasi binosida Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi (keyingi o‘rinlarda — Agentlik) vakillari bilan davlat xaridlari tizimini takomillashtirish va sohada korrupsiya hamda talon-torojliklarning oldini olish masalalariga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv Hisob palatasi raisining birinchi o‘rinbosari M. Abdullayev, Agentlik direktori B.Haydarov, Prezident Administratsiyasi Komplayens xizmati sho‘ba mudiri U.Aripov hamda boshqa tashkilotlar vakillari ishtirokida o‘tkazilib, hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari yuzasidan har tomonlama fikr almashildi.
Xususan, davlat xaridlari shaffofligini ta’minlash, sohada raqobat muhitini kengaytirish, budjet mablag‘laridan foydalanish samaradorligini oshirish hamda xarid jarayonlarida raqamli texnologiyalardan foydalanishni kengaytirish kabi masalalar keng muhokama qilindi:
– davlat xaridlari bo‘yicha maxsus axborot portalini vazirlik va idoralarning axborot tizimlari bilan integratsiya qilish;
– katta hajmdagi ma’lumotlarni yig‘ish, qayta ishlash va risk-tahlil tizimini yaratish;
– tender va tanlov savdolarida takliflarni baholashni avtomatlashtirish orqali inson omilini kamaytirish;
– korporativ buyurtmachilarning xaridlarini nazorat qilish tizimini yaratish;
– to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalarga ruxsat beruvchi hujjatlarni qayta ko‘rib chiqish;
– davlat xaridlari shartnomalarini jamoatchilik uchun ochiqlash;
– davlat buyurtmachilarini o‘qitish tizimini yo‘lga qo‘yish.
Uchrashuvda Hisob palatasining “Masofaviy audit” axborot tizimi imkoniyatlari namoyish etildi.
Mazkur tizim davlat xaridlarida samaradorlikni oshirish hamda qonunbuzilishlarni aniqlash va oldini olishga xizmat qiladi.
Tomonlar rivojlangan davlatlar tajribasini, jumladan risklarni boshqarish, ochiq ma’lumotlardan foydalanish va sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish zarurligini ta’kidladi.
Uchrashuv yakunida o‘zaro hamkorlik bo‘yicha qo‘shma qaror va chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqish bo‘yicha topshiriqlar berildi.
Boshqa yangiliklar
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_78cade577a5ccddd4f46c3e3.jpg)
Senatda Ozarbayjon Hisob palatasi raisi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
310
09.03.2026
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_e10e72ac71b9d325de60e218.jpg)
Armanistonlik auditor konferensiya mavzulari dolzarbligini ta’kidladi
75
24.05.2026
Birinchi darajali budjet mablag‘larini taqsimlovchilar tomonidan maqsadli indikatorlar bajarilishini o‘rganish natijalari
412
15.04.2026
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_1f567452fe47c7f8ae39d0fd.jpg)
Yaponiyada qurilish ishlarining davlat auditiga oid treninglar bo‘lib o‘tdi
1376
06.07.2025
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/458ab4db-04c2-a944-9997-44e758329b59.jpg)
1454
26.01.2025