O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi tashabbusi bilan O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligida davlat auditi va moliyaviy nazorat tizimini yanada takomillashtirishga bag‘ishlangan o‘quv-seminar bo‘lib o‘tdi.
05.05.2026
Iqtisodiyot va moliya vazirligida davlat moliyaviy nazoratini kuchaytirish masalalari muhokama qilindi
Mazkur tadbir PF-252-son Farmon ijrosini ta’minlash, shuningdek davlat moliyaviy nazoratini tizimli ravishda kuchaytirishga qaratildi.
Tadbirda vazirlikning rahbar xodimlari, shuningdek vazirlik tizimiga kiruvchi 14 ta tashkilotdan 87 nafardan ortiq mas’ul rahbarlar, bosh hisobchilar, ichki audit va komplaens xizmatlari vakillari ishtirok etdi.
Tadbir davomida Hisob palatasining Iqtisodiyot va moliya vazirligidagi vakili etib tayinlangan — bosh inspektor E. Saparov tomonidan kun tartibidagi masalalar, xususan, Prezident farmonining mazmun-mohiyati, sohada joriy etilayotgan yangi mexanizmlar hamda davlat auditi tizimidagi ustuvor yo‘nalishlar yuzasidan batafsil ma’lumotlar berildi.
Qayd etilganidek, 2026 yil 1 apreldan boshlab davlat organlarida Hisob palatasi vakili — bosh inspektor instituti joriy etilgan bo‘lib, bu moliyaviy nazoratni yanada kuchaytirish va uning samaradorligini oshirishga xizmat qilmoqda.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Respublikasining «2026 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida»gi Qonuniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligiga ajratiladigan budjet mablag‘lari jami 105,07 trln so‘mni tashkil etib, shundan 46,5 trln so‘mi (44,3 foiz) Davlat maqsadli jamg‘armalari va mahalliy budjetlarga transfertlarga, 31 trln so‘mi (29,5 foiz) aholini uy-joy bilan ta’minlash, davlat qarzi hisobiga amalga oshirilgan loyihalar va respublika budjetidan amalga oshiriladigan joriy xarajatlarga, 11,5 trln so‘mi (10,9 foiz) investitsiya dasturlariga va 16,1 trln so‘mi (15,3 foiz) boshqa xarajatlarga yo‘naltirilishi rejalashtirilgan.
Shuningdek, zamonaviy raqamli texnologiyalar va doimiy monitoring tizimlari orqali har bir budjet mablag‘i ustidan kuchaytirilgan nazorat o‘rnatilayotgani ta’kidlandi. Bu esa davlat mablag‘larining manzilli va samarali sarflanishini ta’minlash hamda shaffoflikni yanada oshirishga xizmat qiladi.
Tadbir yakunida ishtirokchilarga moliyaviy intizomni kuchaytirish, qonunbuzilishlarning oldini olish hamda nazorat samaradorligini oshirish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab berildi.
Boshqa yangiliklar
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_3b32a000cc64b771c8aababd.jpeg)
BAYRAM TABRIGI
1124
19.03.2026
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/7d1ec744-a4f3-2974-90f1-a482cd8e663b.jpg)
Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan tabrik
4518
13.01.2025
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_21d16206331a394414cee7ce.jpg)
Oliy ta'lim sohasida byudjet mablag‘larining samarali ishlatilishi ustidan monitoring
2490
10.07.2025
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_fde6b54263f40cb8d0b9d7dc.jpg)
Qishloq xo‘jaligi vazirligi tizimidagi “Qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish” loyihasi muvofiqlik auditida qanday natijalarga erishildi
1529
30.04.2026
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_fd463905e1e2ccceffe182b1.jpg)
Mamlakatimiz harbiy xavfsizligi va mudofaasini yanada mustahkamlashning ustuvor vazifalari muhokama qilindi
2772
16.01.2026