Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan tabrik
Muhtaram Vatan himoyachilari, aziz yurtdoshlar!
Sizlarni O‘zbekiston Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 33 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni bilan samimiy muborakbod etamiz.

Muhtaram Vatan himoyachilari, aziz yurtdoshlar!
Sizlarni O‘zbekiston Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 33 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni bilan samimiy muborakbod etamiz.
Xalqimiz sizlar kabi mard harbiylarimiz timsolida Vatanimizning kuchli va ishonchli qalqonlarini ko‘radi.
Vatanimiz himoyasi, yurtimiz tinchligi, qonunlarimiz ustuvorligini taʼminlash yo‘lida olib borayotgan mashaqqatli va fidokorona mehnatlaringizni chuqur his etmoqdamiz.
Yangi O‘zbekistonni barpo etish yo‘lida erishayotgan barcha yutuqlarimizda Qurolli Kuchlarimiz saflarida sharaf bilan faoliyat yuritayotgan harbiylarimizning beqiyos hissasi bor.
Yurtimiz xavfsizligi va hududiy yaxlitligi, xalqimiz tinchlik va totuvligini taʼminlash hamda mamlakatimiz mudofaa qobiliyatini yuksaltirishda biz siz azizlarga tayanamiz.
Sizlarga bugungi qutlug‘ bayram munosabati bilan mustahkam sog‘liq-salomatlik, oilaviy baxt-saodat, masʼuliyatli faoliyatingizda yangi muvaffaqiyatlar tilaymiz. Yuzingiz hamisha yorug‘, kuch-g‘ayratingiz yana-da ziyoda bo‘lsin!
O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi
Boshqa yangiliklar
Latviya Respublikasi Davlat audit idorasi bilan Hamkorlik kelishuvi imzolandi
03.12.2025
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_ea4f56e0692d883955585ba1.jpg)
Bayram tabrigi
10.11.2025
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_3877068db2acbfc4c659f3b6.jpg)
Iqtisodiyotda yuqori oʻsishni taʼminlash va aholi farovonligini oshirish boʻyicha ustuvor vazifalar belgilandi
20.07.2026
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_cb19b7d3952b5d0865a552eb.jpg)
Davlatimiz rahbari Milliy kitobxonlik harakatiga start berdi
23.05.2026
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_b84f6e06edfef2d07bbc4eb4.jpg)
Oʻzsanoatqurilishbankda muammoli kredit qarzdorliklari tahlili natijalari
01.07.2026