09.09.2025
Xalq bankida oilaviy tadbirkorlik dasturlari doirasida kreditlar ajratilishi masofaviy auditdan o‘tkazildi
Hisob palatasi tomonidan Xalq bankida oilaviy tadbirkorlik dasturlari doirasida kreditlar ajratilishi hamda muammoli kreditlarni undirilishi masofaviy auditdan o‘tkazildi.

Ma'lumot uchun: Dasturlar doirasida 2024 yilda bank tomonidan 4 trln so‘mlik kreditlar ajratilgan. Kredit olib ijobiy natijalarga erishgan shaxslarni takror qo‘llab-quvvatlash maqsadida 11 mingga yaqin loyiha tashabbuskorlariga qo‘shimcha 489 mlrd so‘m kredit mablag‘lari ajratilgan. Dastur doirasida amalga oshirilgan ishlar natijasida 228 ming nafardan ziyod aholining bandligi ta'minlangan.
Audit davomida Dasturlar doirasida kreditlarni ajratilishi va ulardan samarali foydalanishda ayrim kamchiliklarga yo‘l qo‘yilganligi aniqlandi. Masalan:
– kreditlar hisobidan sotib olinishi ko‘zda tutilgan tovar (xizmatlar) belgilangan muddatlarda (10 kun ichida) yetkazib berilmagan;
– kreditlar belgilangan muddatlardan kechiktirib (3 bank ish kunidan o‘tib) ajratilgan;
– kreditlar samaradorligi past bo‘lgan loyihalarga yo‘naltirilgan;
– kreditlar maqsadsiz sarflangan, xususan mablag‘lar naqdlashtirilgan yoki mahsulotlar yetkazib berilmagan;
– qo‘shilgan qiymat va foyda solig‘ini to‘lamaslik maqsadida fuqarolar tomonidan bir nechta korxonalar tashkil etilib, yillik tushumini 1 mlrd so‘mga yetkazmasdan faoliyat yuritgan;
– dasturlar doirasida muammoli kredit qarzdorliklari o‘tgan yilga nisbatan keskin oshgan;
– manfaatlar to‘ynashuviga yo‘l qo‘yish holatlari mavjud bo‘lib, bank xodimlariga aloqador shaxslarga tegishli kreditlar bo‘yicha muddati o‘tgan qarzdorliklar yuzaga kelgan;
– qarz oluvchining ish joyi va daromad manbai mavjud bo‘lsada muammoli yoki balansdan tashqari kreditlarini undirish borasida yetarli ishlar tashkil qilinmagan;
Audit natijalaridan kelib chiqib, oilaviy tadbirkorlik dasturlari doirasida kredit ajratish tizimini yanada samarali tashkil etish yuzasidan Hisob palatasining tegishli tavsiyalari taqdim qilindi.

Boshqa yangiliklar
Davlat audit sohasida malakali kadrlarni tayyorlash masalalari muhokama qilindi
1190
11.09.2025
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_1ca624ef97a77e573f046641.jpg)
Oʻzbekistonda davlat auditi sohasi uchun yangi avlod kadrlarini tayyorlash tizimi yoʻlga qoʻyiladi
137
20.05.2026
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_23bd2c310afec0c1be6c4b8f.jpg)
Siyosiy partiyalarning 2025-yildagi moliyaviy hisobotlari auditi
383
15.04.2026
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_917e73b3b80a3f68bc1183f9.jpg)
Hisob palatasi INTOSAI Taraqqiyot tashabbusi bilan hamkorlikni rivojlantirmoqda
2140
28.09.2025
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_97068a092541ecf6a23d6798.jpg)
O‘zbekiston Prezidenti YOII sammitida ishtirok etdi
1310
26.06.2025