10.07.2025
Oliy ta'lim sohasida byudjet mablag‘larining samarali ishlatilishi ustidan monitoring
Hisob palatasida Oliy ta'lim, fan va innovasiyalar vazirligi rahbariyati bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda Vazirlik tomonidan 2025 yil I-yarim yillik natijalari va II- yarim yillikda ko‘zlangan maqsadlar yuzasidan ma'lumot berildi.

O‘tgan davr davomida Vazirlik tomonidan ob'ektlarda o‘tkazilgan profilaktik nazorat tadbirlari natijalari bayon qilindi. 2025 yil uchun ajratiladigan mablag‘lardan samarali foydalanish nazoratga olingani aytildi.
Vazirlik tomonidan shaffoflik, samaradorlik va kuchli monitoring tizimi yo‘lga qo‘yildi. Vazirlikning “Xavflarni boshqarish” qo‘mitasi tashkil qilinib, Qo‘mita tarkibi va uning asosiy vazifalari belgilandi.
Faoliyat jarayonida aniqlangan moliyaviy va boshqa turdagi xavflar reestrga kiritilib, ularni oldini olish va bartaraf etish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqildi.
Oliy ta'lim muassasalarida Ichki audit xizmati xodimlarining faoliyatini tashkil etish bo‘yicha tartib ishlab chiqildi. Unda ularning vazifalari, vakolatlari, huquq va majburiyatlari belgilandi.
Shu bilan birga, Vazirlikda tashkil etilgan “Situasion markaz” orqali tizim tashkilotlari moliyaviy faoliyatini masofadan nazorat qilish samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha rejalar ta'kidlandi.
Oliy ta'limda moliyaviy jarayonlarni raqamlashtirish holatiga alohida urg‘u berildi. Ta'kidlanganidek, kontrakt shartnomasini faqat elektron tarzda olish yo‘lga qo‘yildi. Stipendiyani tayinlashdan to‘lashgacha barcha jarayonlar to‘liq raqamlashdi.
Natijada stipendiya hisoblashda inson omili yo‘q bo‘ldi va barcha jarayonlarning tezkorligi 60-70 foizga oshdi. Axborot tizimlarida sun'iy intellekt texnologiyalari joriy etish rejalashtirilmoqda.
Hisob palatasi tomonidan Vazirlik tizimida byudjet mablag‘larining maqsadli va samarali ishlatilishi ustidan monitoring va nazorat olib borish bo‘yicha tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.
Boshqa yangiliklar
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_f5931ac976b5d1f3a488568e.jpg)
BAYRAM TABRIGI
190
06.03.2026
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_af47320b0a0a27b80d826ef9.jpg)
Madaniyat vazirligi huzuridagi “Situatsion markaz”ning joriy faoliyati
1069
03.08.2025
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_4be405c3ebc8066be568db85.jpg)
Prezident: “Har bir qaror, har bir xizmat, har bir jarayon faqat inson manfaatiga xizmat qilishi zarur”
1035
27.11.2025
Sun’iy intellekt texnologiyalariga bag‘ishlangan o‘quv-amaliy seminar
2307
15.12.2025
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_7290773e7b0b9b5d9a531420.jpg)
Siyosiy partiyalarga moliyaviy va boshqa mablag‘larning kelib tushishi hamda ularning xarajatlarini 2024 yildagi ijrosi to‘g‘risidagi hisobot tashqi audit va baholashdan o‘tkazildi
69
14.04.2026