29.09.2025
Hisob palatasining 2024 yilgi faoliyati bo‘yicha hisoboti
O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining 2024 yilda amalga oshirilgan faoliyati yuzasidan hisoboti taqdim qilindi. Ushbu hisobotda Hisob palatasining tarixida muhim burilishlarni aks etuvchi voqealar tasvirlangan.

Hisobotda, avvalambor, Hisob palatasining ish uslublariga tarkibiy o‘zgarishlar kiritilgani qayd qilingan. Hisob palatasi o‘z faoliyatini avvalgi moliyaviy tekshirishlardan xalqaro standartlar asosida audit o‘tkazishga qaratib, davlatning professional xulosa beruvchi va baholovchi audit organi sifatida qayta shakllana boshladi.
Ya'ni nazorat tadbirlarida faqat xato va kamchiliklarni aniqlash emas, balki rivojlangan davlatlarda o‘tkaziladigan tashqi auditga ustuvor e'tibor qaratilmoqda.
Hisob palatasi ish faoliyatini yangi bosqichga olib chiqqan muhim hujjat – bu 2024 yil 10 iyulda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Byudjet mablag‘laridan foydalanish ustidan moliyaviy nazoratni kuchaytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-100-sonli Farmoni bo‘ldi. Ushbu Farmon asosida Hisob palatasining faoliyati xalqaro standartlar asosida audit o‘tkazishga qaratildi.
2024 yil davomida ilg‘or xalqaro tajriba asosida auditning samaradorlik, muvofiqlik, moliyaviy, strategik va IT standartlari hamda ularni o‘tkazish qo‘llanmalarini ishlab chiqildi.
Raqamlashtirishni jadallashtirish maqsadida Hisob palatasining Masofaviy nazorat markazi faoliyati, moliyaviy nazorat tadbirlarini nazorat qilishga qaratilgan “Davlat auditi” axborot tizimi yanada tizimlashtirildi.
Davlat Rahbarining 2024 yil 16 yanvarda bergan topshiriqlariga asosan, Hisob palatasi va Bosh prokuratura tomonidan byudjetdan eng ko‘p mablag‘ oluvchi 12 ta vazirliklarda byudjet intizomini kuchaytirish, xarajatlarni optimallashtirish bo‘yicha doimiy nazorat olib borildi.
Jumladan, ushbu vazirliklarda byudjet intizomini onlayn nazoratini amalga oshiruvchi “Situasion markazlar” tashkil etilib, Hisob palatasining “Masofaviy audit” va “Monitoring portali” axborot tizimlariga ulandi.
Hisob palatasining yana bir muhim ustuvor yo‘nalishi – bu izchil va keng ko‘lamli xalqaro hamkorlikdir. 2024 yil davomida Hisob palatasi Jahon banki, Xalqaro valyuta jamg‘armasi, Osiyo taraqqiyot banki bilan faol hamkorlik olib bordi. Hisob palatasi auditorlari INTOSAI, AZOSAI tuzilmalarining xalqaro loyihalari doirasida Yevropa va Osiyoda o‘tkazilgan o‘quv seminarlarida oflayn va onlayn ishtirok etdi.
Ushbu xalqaro hamkorlik O‘zbekiston uchun davlat tashqi auditi sohasida nufuzli xalqaro standartlarga moslashish imkonini beradi. Kelajakda O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi xalqaro hamjamiyat bilan ikki va ko‘p tomonlama hamkorlikni yanada kengaytirish va mustahkamlashni rejalashtirgan.
Hisobot yakunida bundan keyin ham Hisob palatasi davlat moliyaviy nazoratining samaradorligini oshirishga xizmat qilishi bayon qilingan.



Boshqa yangiliklar
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_7f533ad76fbab9b42affdb93.jpg)
O‘zbekiston Prezidentining Mo‘g‘ulistonga davlat tashrifi
161
24.06.2025
Davlat audit sohasida malakali kadrlarni tayyorlash masalalari muhokama qilindi
166
11.09.2025
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/508114cc-8816-0920-e9a8-bf1ccde7c6ce.jpg)
132
19.01.2025
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_b2c4f8f1b47d594c5f81beed.jpg)
Yirik korxonalarda xavflarni boshqarish sohasidagi tahlilar bo'yicha amaliy seminar
422
13.02.2025
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_1ae5bb8f23d13809e328ce2d.jpg)
Tejamkorlik va barqarorlikni ta'minlashga bag‘ishlangan navbatdagi seminar
510
05.02.2025