Saytning eski versiyasiga o`tish

O'zb

03.05.2026

Qishloq tadbirkorligini rivojlantirish: imkoniyatlar bor, ammo ijro sust

Respublikamizda qishloq joylarda tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va daromadlarni oshirish maqsadida Jahon banki ishtirokida “Qishloq tadbirkorligini rivojlantirish (2-faza)” loyihasi amalga oshirilmoqda.

Hisob palatasi tomonidan 2026-yilning 1-choragida o‘tkazilgan audit natijalari ushbu yirik loyihada qator tizimli muammolar mavjudligini ko‘rsatdi.


Loyiha 2022–2026-yillarga mo‘ljallangan bo‘lib, uning umumiy qiymati 246,8 mln AQSh dollarini tashkil etadi. Shundan 200 mln AQSh dollari Jahon banki krediti hisobiga moliyalashtirilmoqda.


Bugungi kunga kelib, 126,9 mln dollar mablag‘lar turli yo‘nalishlarga, jumladan kreditlash, kafillik, biznes inkubatsiyasi va ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash sohalariga yo‘naltirilgan.


Loyiha doirasida muayyan ijobiy natijalarga erishilgan:


• 2 865 ta subloyiha moliyalashtirilib, 4 910 ta yangi ish o‘rni yaratildi;


• 21 ta biznes inkubator va murabbiylik markazlari tashkil etildi;


• 1 600 dan ortiq ayol tadbirkorlikka o‘qitildi;


• tadbirkorlarga kredit olish uchun 645 mlrd so‘mdan ortiq kafillik taqdim etildi.


Bu natijalar qishloq hududlarda tadbirkorlik muhitini shakllantirishda muhim ahamiyatga ega bo‘lsa-da, audit jarayonida loyihalar samaradorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan qator muammolar aniqlandi:


Tijorat banklariga ajratilgan 30,7 mln dollar mablag‘ 3,5 yildan buyon taqsimlanmasdan qolmoqda.

Loyiha doirasida moliyalashtirilgan 18 ta subloyihada 3,6 mln dollar mablag‘ boshqa maqsadlarga yo‘naltirilgan;


O‘rganilgan 528 ta loyihadan 6,8 mln dollarlik 32 ta subloyiha hali ham ishga tushmagan yoki 5 tasi faoliyatini to‘xtatgan;


Biznes inkubatsiya tizimida:


• ajratilgan mablag‘larning 50 foizdan ko‘p qismi o‘zlashtirilmagan (2,9 mln dollar);


• xorijiy konsultantlarni jalb etish bo‘yicha tender jarayonlari cho‘zilib ketgani sababli 10 ta shartnomadan faqat 3 tasi imzolangan;


Loyiha monitoring platformasini joriy etish ishlari yakuniga yetkazilmagan;


Ayollar tadbirkorligi bo‘yicha 10 ming nafar ayolni o‘qitish rejalashtirilgan bo‘lsa-da, amalda 16 foizi qamrab olingan, grantlar ajratilmagan;


“Yashil” texnologiyalar uchun 5,5 mln dollar ajratilishi rejalashtirilgan bo‘lsa-da, mablag‘ ajratilmagan;


Boshqaruvda barqarorlik yo‘q, malakali kadrlar yetishmaydi.


Audit natijalariga ko‘ra quyidagi takliflar berildi:



• mablag‘larni tezkor qayta yo‘naltirish;



• boshqaruvni kuchaytirish;



• raqamli monitoringni joriy etish;



• KPI tizimini joriy qilish;



• ayollar tadbirkorligi va yashil texnologiyalarni rivojlantirish.



Xulosa: loyiha katta ahamiyatga ega va takliflar amalga oshirilsa samaradorlik oshadi.

img