O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi o‘z faoliyatini yanada takomillashtirish, xodimlarning zamonaviy ish sharoitlarini yanada yaxshilash hamda davlat auditi samaradorligini oshirish maqsadida yangi ma’muriy binoga ko‘chganini ma’lum qiladi.
14.04.2026
Hisob palatasi o‘z faoliyatini yangi binoda davom ettirmoqda

Hisob palatasiga yangi ma’muriy binoning ajratilishi, avvalambor, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining shaxsiy tashabbusi bilan amalga oshirildi. So‘nggi paytda Davlatimiz Rahbarining topshiriqlariga binoan, Hisob palatasining faoliyatida chuqur transformatsiyalar amalga oshirilmoqda. Bu esa Hisob palatasi zimmasiga yuklatilgan vazifalarni yanada yuqori saviyada bajarish hamda davlat moliyaviy nazoratini kuchaytirishni taqozo etadi.
Shu bois, yangi bino zamonaviy infratuzilma, ilg‘or axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan jihozlangan bo‘lib, unda davlat auditorlik faoliyatini samarali tashkil etish uchun barcha zarur sharoitlar yaratilgan.
Xususan, ochiq va shaffof ish muhitini ta’minlash, tezkor axborot almashinuvi, masofaviy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish imkoniyatlari kengaytirildi.
Shuningdek, yangi binoda tashkil etilgan qulay muhit xodimlarning kasbiy salohiyatini yanada rivojlantirish, innovatsion yondashuvlarni joriy etish va xalqaro standartlarga mos faoliyat yuritish imkonini beradi.
Hisob palatasi jamoasi Prezidentning ushbu idoraga bo‘lgan e’tibor va g‘amxo‘rligini “ulkan ishonch va mas’uliyat” sifatida qabul qiladi.
Hisob palatasi Davlatimiz Rahbarining ishonchini bundan keyin ham oqlab, o‘z oldidagi burch va vazifalarini sadoqat bilan bajarishga tayyorligini bildiradi.
Yangi manzil: Toshkent shahri, Sharof Rashidov ko‘chasi, 5-uy


Boshqa yangiliklar
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_e10e72ac71b9d325de60e218.jpg)
Armanistonlik auditor konferensiya mavzulari dolzarbligini ta’kidladi
708
24.05.2026
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_4f038ca930e8130bc2fa17cf.jpg)
Islohotlar natijadorligi, hududlarda ishlarning borishi, aholini qiynayotgan masalalarga bag‘ishlangan yig‘ilishda Prezident tomonidan Hisob palatasiga berilgan topshiriqlar
1765
15.06.2025
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_8f3d31eebeccb5adf251c2a4.jpg)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashi yig‘ilishidagi nutqi
1681
21.12.2025
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_97068a092541ecf6a23d6798.jpg)
O‘zbekiston Prezidenti YOII sammitida ishtirok etdi
2138
26.06.2025
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_6141d32d988b3d25c4aaf9ce.jpg)
BAYRAM TABRIGI
2752
29.12.2025