24.05.2026
Armanistonlik auditor konferensiya mavzulari dolzarbligini ta’kidladi
Toshkent shahrida “Audit jarayonlarini raqamlashtirish va katta hajmli (Big Data) ma’lumotlarni sun’iy intellekt orqali tahlil qilish” mavzusida o‘tkazilgan xalqaro konferensiya doirasida ishtirok etgan xorijiy ekspertlar mamlakatimizda davlat auditini modernizatsiya qilish, raqamli texnologiyalarni keng joriy etish hamda xalqaro hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarga yuqori baho berdi.

Konferensiya ishtirokchilaridan biri — Armaniston Oliy audit organi auditori Levon Alixanyan tadbir jarayonlari bo‘yicha o‘z fikr va taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.
Uning ta’kidlashicha, konferensiya mazmun jihatidan boy dasturga ega bo‘lib, davlat auditini raqamlashtirish, sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish hamda zamonaviy audit instrumentlarini qo‘llash bo‘yicha dolzarb mavzularni qamrab olgan.
“Tadbir yuqori saviyada va puxta tashkil etildi. Konferensiya doirasida juda foydali taqdimotlar namoyish etildi va turli davlatlardan ishtirokchilarning keng qamrovda jalb etilgani katta taassurot qoldirdi”, — deydi L. Alixanyan.
Ekspert, ayniqsa, O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasida joriy etilgan “Masofaviy audit” axborot tizimi va Masofaviy markaz faoliyatiga alohida to‘xtalib, mazkur yondashuvni davlat auditi sohasida innovatsion yechim sifatida baholadi.
Uning fikricha, davlat ma’lumotlar bazalarining integratsiya qilinishi audit jarayonlarining samaradorligini sezilarli darajada oshirishga xizmat qiladi. Shu bilan birga, ushbu tajribani raqamli audit salohiyatini rivojlantirishga intilayotgan boshqa davlatlar bilan ham o‘rtoqlashish maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Shuningdek, ekspert raqamlashtirish va sun’iy intellekt sohasida kelgusida O‘zbekiston Hisob palatasi bilan qo‘shma va parallel audit tadbirlari, audit uchun IT-vositalar va dasturiy mahsulotlar almashinuvi, mutaxassislar uchun tajriba almashish va malaka oshirish dasturlari, shuningdek, masofaviy audit uslubiyoti bo‘yicha qo‘shma ishchi guruhlar tashkil etishga qiziqish bildirganini qayd etdi.
Armanistonlik auditor O‘zbekiston Hisob palatasining davlatlar o‘rtasidagi hamkorlik aloqalarini mustahkamlashdagi olib borayotgan ishlariga yuqori baho berdi.
Shu bilan birga, auditor mazkur xalqaro muloqot platformasini doimiy ravishda tashkil etiladigan tadbir sifatida yo‘lga qo‘yish taklifini ilgari surib, bu kelgusida har yili erishilgan natijalar va ilg‘or tajribalar bo‘yicha fikr almashish imkonini yaratishini ta’kidladi.
Tashrif davomida mamlakatimiz haqidagi taassurotlari haqida so‘z yuritar ekan, mehmon O‘zbekistonning mehmondo‘stligi, boy madaniy merosi va milliy qadriyatlarini alohida e’tirof etdi.
“O‘zbekiston juda mehmondo‘st mamlakat ekani katta taassurot qoldirdi. Kelgusida bu yerga sayyoh sifatida yana tashrif buyurish istagi paydo bo‘ldi. Mamlakatning madaniy merosi va milliy an’analari yuqori e’tirofga loyiq”, — deydi L. Alixanyan.
Shuningdek, ishtirokchi mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar barqaror taraqqiyot va jadal rivojlanishga xizmat qilayotganini ta’kidlab, O‘zbekiston tomonidan amalga oshirilayotgan o‘zgarishlar nafaqat milliy, balki keng ko‘lamdagi xalqaro taraqqiyot jarayonlariga ham munosib hissa qo‘shayotganini qayd etdi.
Mazkur xalqaro konferensiya davlat auditi sohasida raqamli transformatsiya, katta hajmli ma’lumotlar va sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha xalqaro hamkorlikni yanada kengaytirishga xizmat qilmoqda.
Boshqa yangiliklar
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_19ef958e33e7204b96fe2908.jpg)
Hisob palatasining 2024 yilgi faoliyati bo‘yicha hisoboti
2668
29.09.2025
Raqamli to‘lovlar va mobil bank xizmatlarida kiberxavfsizlik bo‘yicha seminar
1580
17.07.2025
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_1606ac7e2abc192c7af47e44.jpg)
Hisob palatasining 2025-yildagi faoliyati yakunlari ko‘rib chiqildi
446
22.04.2026
Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ tomonidan tadbirkorlik subyektlarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi
749
27.04.2026
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_552cbbaafc5ca2676ab46af1.jpg)
Davlat idoralarida ijro intizomiga bag‘ishlangan o‘quv seminarlar boshlandi
135
13.07.2026