2025 yilning 23–25 dekabr kunlari Turkiya Respublikasi Hisob sudi (Oliy audit organi) tomonidan “Oliy audit organlarida risklarni boshqarish: Turkiya Hisob sudining tajribasi” mavzusida onlayn formatda o‘quv treninglari tashkil etildi.
25.12.2025
Turkiya Hisob sudi tomonidan risklarni boshqarish mavzusida onlayn o‘quv treninglari o‘tkazildi
O‘quv tadbirlari oliy audit organlarida risklarni boshqarish tizimini takomillashtirish, audit jarayonlarida zamonaviy yondashuvlarni joriy etish hamda xalqaro tajribani o‘rganishga qaratildi.
Dastur doirasida Turkiya Hisob sudining Auditni rejalashtirish va hisobotlar departamenti rahbari, doktor Ahmet Taner hamda bosh auditor Mine Chakir tomonidan ma’ruzalar taqdim etildi.
Xususan, mashg‘ulotlar davomida quyidagi mavzularga urg‘u berildi:
- Oliy audit organlarida risklarni boshqarishning nazariy asoslari;
- Risklarni boshqarish va ichki nazorat tizimi;
- Risklarni boshqarishni auditni rejalashtirish jarayoniga integratsiya qilish;
- Strategik rejalashtirish va tashkiliy darajada auditni rejalashtirish;
- Qayta ko‘rib chiqilgan ISSAI 140 audit standarti asosida sifatni boshqarish va risk-tahlil;
- Turkiya Hisob sudi amaliyotida risklarni boshqarish bo‘yicha ilg‘or tajribalar.
Shuningdek, o‘quv treninglari doirasida ishtirokchilar bilan interaktiv muloqot o‘tkazilib, risklarni boshqarish sohasida to‘plangan amaliy tajriba, mavjud muammolar hamda kelgusidagi ustuvor yo‘nalishlar muhokama qilindi.
3 kun davom etgan onlayn o‘quv treninglari yakunida ishtirokchilar oliy audit organlari faoliyatida risk-tahlil yondashuvlarini joriy etish, audit sifati va samaradorligini oshirish hamda xalqaro standartlar asosida boshqaruv tizimini takomillashtirish bo‘yicha yangi amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘ldilar.
Boshqa yangiliklar
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/fbcf64f7-0444-c01a-bd7a-98fdaf65f692.jpg)
Rossiya Federatsiyasi Hisob palatasi asos solinganining 30-yilligiga bag‘ishlangan tadbirlar
1964
16.01.2025
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_170e3a8159c26d0bb4e46f28.jpg)
Sport vazirligida byudjet mablag‘larining samarali ishlatilishi ustidan monitoring
2533
06.07.2025
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_3877068db2acbfc4c659f3b6.jpg)
Iqtisodiyotda yuqori oʻsishni taʼminlash va aholi farovonligini oshirish boʻyicha ustuvor vazifalar belgilandi
1154
20.07.2026
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_b802463fa079e7fe3e4fc61c.jpg)
Turkiy tilli davlatlar Oliy audit organlari tashkiloti (TURKSAI) ga asos solindi
2260
23.11.2025
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_a260d6e6a11199b8d834e6e7.jpg)
Prezidentimiz tadbirkorlikni yangi bosqichga olib chiqishning ustuvor yoʻnalishlarini belgilab berdi
708
17.08.2026