2026 yil 22–23 may kunlari Toshkent shahrida tashkil etilgan “Audit jarayonlarini raqamlashtirish va katta hajmli (Big Data) ma’lumotlarni sun’iy intellekt orqali tahlil qilish” mavzusidagi xalqaro konferensiya doirasida birinchi parallel sessiya o‘z ishini yakunladi.
23.05.2026
“Axborot texnologiyalari auditi: raqamli muhitda axborot tizimlarini baholash, risklarni boshqarish va nazorat mexanizmlari” mavzusida konferensiyaning birinchi parallel sessiyasi bo‘lib o‘tdi
Mazkur sessiya O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat auditi va moliyaviy nazorat tizimini takomillashtirishga oid farmon va topshiriqlari ijrosi doirasida tashkil etilgan bo‘lib, u davlat auditi sohasida sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha xalqaro tajriba almashishga qaratilgan.
Birinchi parallel sessiya “Axborot texnologiyalari auditi: raqamli muhitda axborot tizimlarini baholash, risklarni boshqarish va nazorat mexanizmlari” mavzusiga bag‘ishlandi. Sessiya doirasida axborot texnologiyalari auditining zamonaviy yondashuvlari, raqamli infratuzilmalarni baholash, kiberxavfsizlik risklarini aniqlash hamda nazorat tizimlarini takomillashtirish masalalari muhokama qilindi.
Sessiya ishida Hisob palatasi rahbariyati vakillari, Raqamli texnologiyalar vazirligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi mas’ullari hamda AZOSAI va INTOSAI xalqaro tashkilotlari vakillari ishtirok etdi. Shuningdek, AZOSAIga a’zo davlatlarning oliy audit organlari yosh auditorlari ham faol qatnashdi.
Muhokamalar davomida davlat auditi sohasida raqamli transformatsiyaning amaliy jihatlari, sun’iy intellekt texnologiyalaridan samarali foydalanish, Big Data tahlili asosida qaror qabul qilish tizimini takomillashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Sessiya yakunida ishtirokchilar tomonidan bildirilgan taklif va tashabbuslar xalqaro hamkorlikni yanada mustahkamlash, shuningdek, yosh auditorlarning raqamli tahlil ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qilishi ta’kidlandi.
Boshqa yangiliklar
Buvayda va Yozyovon tumanlarida yangi “o‘sish nuqtalari” aniqlandi
459
09.01.2025
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/458ab4db-04c2-a944-9997-44e758329b59.jpg)
Farg‘ona viloyati hokimligida Prezident topshiriqlari ijrosiga doir seminar
2283
26.01.2025
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_ca0d42ac33b894ff92c97c89.jpg)
BAYRAM TABRIGI
3987
16.11.2025
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_d31b1f8758a3504711184324.jpg)
“ICT Week Uzbekistan 2025” haftaligi doirasida Hisob palatsi e’tirof etildi
3258
25.09.2025
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_03cbee0f55be322f6afe6deb.jpg)
Qishloq tadbirkorligini rivojlantirish: imkoniyatlar bor, ammo ijro sust
1194
03.05.2026