Farg‘ona viloyati hokimligida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti topshiriqlari ijrosini ta’minlash masalalariga bag‘ishlangan o‘quv-seminar bo‘lib o‘tdi.
Farg‘ona viloyati hokimligida Prezident topshiriqlari ijrosiga doir seminar

Unda Prezident Administratsiyasi mas’ullari, Hisob palatasi raisi o‘rinbosari Atabek Allaberganov, viloyat hokimining o‘rinbosarlari, tashkilot va boshqarma rahbarlari, shuningdek, hududiy studiyalardan shahar va tuman hokimlari, tegishli tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.
Davlatimiz Rahbari raisligida 2024-yilning 3-dekabr kuni Farg‘ona viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, investitsiya va tadbirkorlik muhitini yanada yaxshilash chora-tadbirlari yuzasidan yig‘ilish o‘tkazilgan edi. Unda viloyat iqtisodiyotini rivojlantirish bo‘yicha Prezident tomonidan aniq vazifalar belgilab berilgan.
Prezident Administratsiyasi va Hisob palatasidan iborat ishchi guruh tomonidan Farg‘ona viloyatida mazkur vazifa va topshiriqlar ijrosini to‘laqonli tashkil qilish maqsadida o‘rganishlar olib borildi.

Boshqa yangiliklar
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_af47320b0a0a27b80d826ef9.jpg)
Madaniyat vazirligi huzuridagi “Situatsion markaz”ning joriy faoliyati
03.08.2025
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_49d31b34666958746ba5309f.jpg)
SUV RESURSLARINI BOSHQARISH VA IRRIGATSIYA SEKTORINI RIVOJLANTIRISH BO‘YICHA BELGILANGAN VAZIFALAR IJROSI TAHLILI
11.05.2026
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_4a97b8c7aa2570bf83ff5c4a.jpg)
Shavkat Mirziyoev: Yoshlarimizning har bir muvaffaqiyati biz uchun kuch-qudrat
29.06.2025
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_6a5c54f5fc3ce1ff10e76354.png)
300 dan ortiq ariza: Hisob palatasidagi ochiq tanlovning navbatdagi bosqichi
14.10.2026
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_3f9a058ed20c10183638ce10.png)
Birlashgan Arab Amirliklari delegatsiyasi: “O‘zbekiston Respublikasi bizda juda ijobiy taassurot qoldirdi.”
26.05.2026