14.10.2026
300 dan ortiq ariza: Hisob palatasidagi ochiq tanlovning navbatdagi bosqichi
O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi tomonidan vakant lavozimlar uchun ilk bor e’lon qilingan ochiq tanlovga ikki hafta davomida 300 dan ortiq ariza kelib tushdi. Dastlabki saralash natijalariga ko‘ra, belgilangan talablarga javob bergan nomzodlar suhbat bosqichiga o‘tmoqda.

Tanlov audit, ma’lumotlar tahlili (Data Analytics), IT va Big Data yo‘nalishlari bo‘yicha o‘tkazilmoqda. Nomzodlardan budjet xarajatlari va moliyaviy hisobotlarni tahlil qilish, xatarlarni aniqlash, katta hajmdagi ma’lumotlar bilan ishlash, Python, SQL va ETL/ELT kabi texnologiyalarni qo‘llash bo‘yicha tegishli kasbiy bilim va tajriba talab etildi.
Shuningdek, nomzodlar o‘z kasbiy salohiyatini faqat rezyume bilan emas, balki bajargan ishlari va amalga oshirilgan loyihalari orqali ham tasdiqlashlari lozim edi.
Taqdim etilgan arizalar e’lon qilingan talablarga muvofiqligi bo‘yicha dastlabki o‘rganishdan so‘ng, belgilangan mezonlarga javob beradigan nomzodlar suhbat bosqichiga o‘tmoqda.
Keyingi bosqichda nomzodlarning kasbiy bilimlari, tahliliy fikrlashi va o‘z yo‘nalishiga oid vazifalarni hal etishdagi amaliy yondashuvi baholanadi.
Davlat auditida ma’lumotlar tahlili, raqamli vositalar va xatarlarga asoslangan yondashuvlar tobora keng qo‘llanilayotgan sharoitda ushbu yo‘nalishlarda faoliyat yuritadigan mutaxassislarning kasbiy salohiyati alohida ahamiyat kasb etadi.
Hisob palatasida tanlov jarayoni e’lon qilingan talablar va belgilangan bosqichlar asosida davom ettiriladi.

Boshqa yangiliklar
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_d21edc83be03b6a146fc918c.jpg)
O‘zbekiston Hisob palatasi delegatsiyasi Latviya Prezidenti bilan uchrashdi
414
18.08.2026
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_7f533ad76fbab9b42affdb93.jpg)
O‘zbekiston Prezidentining Mo‘g‘ulistonga davlat tashrifi
1745
24.06.2025
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_4979012c10f64bf739f3580b.jpg)
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi va Hisob palatasi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi
621
13.02.2025
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_113bceb5093935cc3d2baa77.png)
Uzluksiz elektron xizmatlarni joriy qilish bo‘yicha xalqaro virtual seminar
1899
22.09.2025
Hisob palatasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Murojaatnomasini o'rganishga bag‘ishlangan iqtisodiy o‘qish o‘tkazildi
1912
04.01.2026