Joriy yilning 19-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi raisining birinchi o‘rinbosari M. Abdullayev boshchiligidagi delegatsiya Latviya Respublikasi Prezidenti Edgars Rinkēvičs bilan uchrashuvda ishtirok etdi.
18.08.2026
O‘zbekiston Hisob palatasi delegatsiyasi Latviya Prezidenti bilan uchrashdi

Uchrashuvda Latviya, Armaniston, Moldova, Ukraina va O‘zbekiston Oliy audit organlarining rasmiy delegatsiyalari ishtirok etdi.
Unda Oliy audit organlarining davlat boshqaruvi samaradorligini oshirish, davlat mablag‘laridan oqilona va natijador foydalanishni ta’minlash, ochiqlik va shaffoflikni kuchaytirishdagi roliga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, davlat auditi sohasida xalqaro hamkorlikni yanada rivojlantirish, ilg‘or tajriba almashish va Oliy audit organlarining institutsional salohiyatini mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.
Muloqot chog‘ida Latviya Prezidenti E. Rinkēvičs tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyev tashabbusi bilan mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, xususan, davlat boshqaruvi samaradorligi, ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, davlat moliyasini boshqarish tizimini takomillashtirishga qaratilgan o‘zgarishlar yuqori baholandi. Bu jarayonlarda zamonaviy va samarali davlat auditi tizimining o‘rni muhim ekani qayd etildi.
Uchrashuv davomida M. Abdullayev O‘zbekiston Prezidenti tomonidan davlat moliyaviy nazorati tizimida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli transformatsiya jarayonlari haqida ma’lumot berdi.
Xususan, audit jarayonlarini raqamlashtirish, zamonaviy axborot texnologiyalari va ma’lumotlar tahlili vositalaridan foydalanish, masofaviy audit mexanizmlarini kengaytirish hamda nazorat tadbirlarini xavf tahlili asosida tashkil etish borasida amalga oshirilayotgan ishlarga to‘xtalib o‘tildi.
O‘zbekistonda ilk bor Davlat auditi oliy maktabi tuzilib, xalqaro standartlar darajasida kadrlar tayyorlash tizimi o‘rnatilgani aytildi.
Latviya Prezidenti bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda O‘zbekiston va Latviya Oliy audit organlari o‘rtasidagi amaliy hamkorlik ham yuqori darajada ekani aytildi.
Xususan, xalqaro audit standartlarini joriy etish, zamonaviy audit yondashuvlarini amaliyotga tatbiq qilish, auditorlar malakasini oshirishga alohida e’tibor qaratilayotgani ta’kidlandi.
Latviya Prezidenti O‘zbekiston Rahbariga o‘zining samimiy salomini yo‘lladi va O‘zbekistonni Markaziy Osiyoda ijobiy tendensiyalarning tashabbuskori, deb atadi.
O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi delegatsiyasining Riga shahriga tashrifi samarali bo‘lib o‘tdi.


Boshqa yangiliklar
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_0161eda03a9ac89d4dddf55e.jpg)
Oʻzbekiston Prezidenti barqaror rivojlanishni taʼminlash uchun tinchlik va ishonchni mustahkamlash muhimligini taʼkidladi
2759
11.12.2025
Özbekistonda Oliy audit organlari uçun mintaqaviy seminar ötkazilmoqda
152
27.10.2026
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_24c7bc6272f538286fe1870d.jpg)
Davlat moliyaviy nazorat organlari va ichki audit xizmatlari samaradorligini oshirish bo‘yicha seminar
3553
11.08.2025
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_665fabc75a11582d44cd77e7.jpg)
Hisob palatasi INTOSAIning Qazib oluvchi sanoat tarmoqlari auditi bo‘yicha ishchi guruhiga a’zo bo‘ldi
747
14.05.2026
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_e982de687472fc803edf05cc.jpg)
2026-yil mahalliy budjetlarini muhokama qilishda Hisob palatasi xulosalari taqdim qilinmoqda
2637
28.12.2025