13.02.2025
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi va Hisob palatasi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi
O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi o‘rtasida o‘zaro hamkorlik to‘g‘risidagi Memorandum imzolandi.

Mazkur memorandum mamlakatimizda korrupsiyaning oldini olish, davlat mablag‘laridan samarali va maqsadli foydalanilishini ta’minlash, davlat moliyaviy nazorati hamda tashqi audit tizimi samaradorligini oshirish, shuningdek, korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida davlat organlari o‘rtasidagi institutsional hamkorlikni yanada mustahkamlash maqsadida tuzildi.
Memorandumga muvofiq, tomonlar korrupsiya xavflarini aniqlash va bartaraf etish, davlat moliyasi va budjet mablag‘laridan foydalanishda shaffoflik hamda hisobdorlikni ta’minlash, korrupsiyaga qarshi ichki nazorat mexanizmlarini takomillashtirish, tahliliy va profilaktik tadbirlarni amalga oshirish yo‘nalishlarida yaqin hamkorlik qiladi.
Hujjat doirasida quyidagi asosiy yo‘nalishlarda hamkorlik amalga oshiriladi:
korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida axborot almashinuvini yo‘lga qo‘yish;
korrupsiya xavflarini baholash va tahlil qilish bo‘yicha hamkorlik qilish;
tashqi audit va nazorat tadbirlari natijalari asosida korrupsiya omillarini bartaraf etish yuzasidan takliflar ishlab chiqish;
davlat organlari va tashkilotlarida korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tizimlarini takomillashtirish bo‘yicha amaliy choralarni ishlab chiqish;
qo‘shma o‘rganishlar, tahlillar, seminarlar, o‘quv mashg‘ulotlari va boshqa tadbirlarni tashkil etish;
korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida xalqaro tajribani o‘rganish va uni milliy amaliyotga tatbiq etish;
davlat xizmatchilarida korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishga qaratilgan targ‘ibot va profilaktika ishlarini amalga oshirish.
Shuningdek, memorandum tomonlar o‘rtasida muntazam ma'lumot va tahliliy materiallar almashish, qo‘shma ishchi guruhlar faoliyatini tashkil etish, normativ-huquqiy hujjatlarni takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish hamda o‘zaro manfaatli boshqa yo‘nalishlarda hamkorlikni rivojlantirish uchun huquqiy asos yaratadi.
Mazkur hamkorlik davlat moliyaviy nazorati tizimining ochiqligi va samaradorligini yanada oshirish, davlat mablag‘laridan qonuniy hamda oqilona foydalanilishini ta’minlash, korrupsiya omillarini barvaqt aniqlash va bartaraf etish, shuningdek, mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlarning izchil davom ettirilishiga xizmat qiladi.
Memorandum imzolangan kundan boshlab kuchga kirdi hamda tomonlarning o‘zaro kelishuvi asosida korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida uzoq muddatli va samarali hamkorlikni rivojlantirish uchun mustahkam huquqiy asos bo‘lib xizmat qiladi.

Boshqa yangiliklar
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_95b7cea0d789a91bdb82a472.jpg)
Hisob palatasi KPMG Аkademiyasi bilan Memorandum imzoladi
1868
09.02.2025
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_186f354188813d2f30c91e61.jpg)
XXV INKOSAI kun tartibida sun'iy intellekt texnologiyalarini auditda qo‘llash masalalari
1498
30.10.2025
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_e783e1bc449a85f7e470f997.jpg)
Hisob palatasi vakillari INTOSAI davlat xaridlari auditi bo‘yicha ishchi guruhning yig‘ilishida ishtirok etdi
130
07.07.2026
Davlat byudjeti mablag‘larining samarali sarflanishi ustidan nazorat o‘rnatishga oid seminar
667
23.02.2026
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_df8006112d60c77029080cdc.jpg)
XXV INKOSAI doirasida MDH yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
1287
29.10.2025