O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Mo‘g‘uliston Prezidenti Uxnaagiyn Xurelsuxning taklifiga binoan rafiqasi bilan birga davlat tashrifi bilan ushbu mamlakatga keldi.
24.06.2025
O‘zbekiston Prezidentining Mo‘g‘ulistonga davlat tashrifi

Tashrif davomida ikki mamlakat yetakchilarining tor doiradagi va rasmiy delegasiyalar ishtirokidagi muzokaralari bo‘lib o‘tdi.
Ikki tomonlama munosabatlar tarixida birinchisi bo‘lgan ushbu tashrif ko‘p qirrali O‘zbekiston-Mo‘g‘uliston aloqalarini rivojlantirishda yangi bosqichni boshlab berishi alohida ta'kidlandi.
Barcha darajadagi aloqalar va almashinuvlar faollashdi. Tovar ayirboshlash ko‘rsatkichlari jadal o‘sib bormoqda. Qo‘shma korxonalar soni ko‘paymoqda, sog‘liqni saqlash, ta'lim, elektron savdo, qishloq xo‘jaligi, qurilish materiallari ishlab chiqarish sohalarida ilk kooperasiya loyihalarini amalga oshirish boshlandi.
Yaqin yillarda o‘zaro savdoni ko‘paytirish uchun salmoqli salohiyat mavjudligi qayd etildi. Tog‘-kon sohasidagi sheriklik, jumladan, geologiya-qidiruv dasturini ishlab chiqish, xomashyo resurslari konlarini o‘zlashtirish, texnologiyalar transferi, tajriba almashish va kadrlar tayyorlash sohalari shular jumlasidan.
Sohadagi loyihalarni ilgari surish maqsadida Ulan-Bator shahrida O‘zbekiston geologiya vazirligining vakolatxonasi ochildi.
Yil yakuniga qadar poytaxtlar o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan.
Dengizga chiqish imkoniyati bo‘lmagan mamlakatlar uchun xalqaro tahlil instituti bilan birgalikda eng qisqa va samarali transport yo‘laklarini aniqlash bo‘yicha amaliy tadqiqotlar o‘tkazish taklifi bildirildi.
Oliy ta'lim muassasalari o‘rtasidagi hamkorlikni faol rivojlantirish, ajratilayotgan kvotalar doirasida mo‘g‘ul yoshlarining O‘zbekistondagi oliy ta'lim muassasalarida ta'lim olishini qayta tiklashga kelishib olindi.
Erishilgan kelishuvlarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish bo‘yicha "yo‘l xaritasi"ni qabul qilish yuzasidan ahdlashildi.
Oliy darajadagi muzokaralar yakunida Prezidentlar Keng qamrovli sheriklik munosabatlarini o‘rnatish to‘g‘risidagi qo‘shma deklarasiyani imzoladilar.
So‘ng OAV vakillari bilan uchrashuvda Prezidentlar o‘tkazilgan muzokaralar natijalariga doir fikrlarini bayon qildilar.



Boshqa yangiliklar
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_a878f4f21f8e0c30d3ed34f9.jpg)
Yuqori iqtisodiy oʻsish surʼatlarini taʼminlash boʻyicha vazifalar belgilab olindi
2667
14.02.2026
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_a7a07a236ea92771e679466a.jpg)
Suv xo‘jaligi vazirligida raqamlashtirish ishlari bo‘yicha muhokamalar
2317
01.09.2025
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI HISOB PALATASIDAGI VAKANT LAVOZIMLARGA TANLOV O‘TKAZISH BO‘YICHA E’LON
2455
30.09.2026
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_99078ff3540411112f0e58dd.jpg)
Kimyo sanoatidagi yirik investitsiya loyihalarini jadallashtirish masalalari koʻrib chiqildi
1346
10.03.2026
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_4e5e94d31f5bcec320360868.jpg)
O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan tabrik
4026
29.09.2025