Saytning eski versiyasiga o`tish

O'zb

30.09.2026

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI HISOB PALATASIDAGI VAKANT LAVOZIMLARGA TANLOV O‘TKAZISH BO‘YICHA E’LON

O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi ma’lumotlar tahlili sohasidagi mutaxassislarni ishga qabul qilish bo‘yicha vakant lavozimlar uchun arizalarni qabul qilmoqda.

Talab qilinadigan kompetensiyalar


Iqtisodiyot, moliya, statistika, matematika yoki ma’lumotlar tahlili sohasida oliy ma’lumot;


Moliyaviy yoki iqtisodiy tahlil yoxud ma’lumotlar tahlili bo‘yicha tajriba;


Ma’lumotlarni yig‘ish, o‘rganish, solishtirish, tizimlashtirish, qayta ishlash, tahlil qilish, og‘ishlar va xatarlarni aniqlash, xulosa chiqarish va tahliliy materiallar tayyorlash;


Ma’lumotlarni vizualizatsiya qilish — jadval, grafik va diagrammalar tayyorlash;


Mantiqiy va tanqidiy fikrlash, sohadagi innovatsiyalarni hamda xalqaro ilg‘or tajribani tushunish va qo‘llash;


Davlat tilini yaxshi bilish, savodli yozish ko‘nikmalariga ega bo‘lish, xolislik, shuningdek, kasbiy odob-axloq va maxfiylik talablariga rioya qilish.


Audit, buxgalteriya, moliya va axborot texnologiyalari sohalarida xalqaro professional sertifikatlar hamda malaka darajalariga ega bo‘lish, shuningdek, xorijiy tillarni bilish va xalqaro audit tashkilotlarida («Big Four») ish tajribasiga ega bo‘lish ma’qullanadi.


Ijtimoiy paket


Xodimlar va ularning oila a’zolari uchun kafolatlangan tibbiy xizmatdan foydalanish, sanatoriylarda davolanish va sog‘lomlashish, uy-joy ijarasi xarajatlarining bir qismini qoplash hamda transport xizmati kabi muhim ijtimoiy qulayliklar yaratilgan.


Mehnatga haq to‘lash miqdori milliy darajadagi “A” guruhiga kiruvchi davlat organlari darajasida belgilangan (ma’lumot uchun: milliy darajadagi tashkilotlar tarkibiga eng yuqori darajadagi davlat organlari kiradi).


Arizalarni berish tartibi


Vakant lavozim uchun tegishli tajriba hamda bajarilgan ish yoki loyihalardan 2–3 ta namunani ko‘rsatgan holda ma’lumotnomani (CV) taqdim eting.


Tanlov jarayoni talablarga muvofiqlikni tekshirish, mutaxassislikka oid amaliy topshiriq, test va suhbatni o‘z ichiga oladi. Belgilangan talablarga javob beradigan nomzodlar amaliy topshiriqni bajarish huquqiga ega bo‘ladilar.


Hujjatlarni qabul qilish: hp@ach.gov.uz


Ma’lumot uchun telefon: (71) 236-80-06

img