Saytning eski versiyasiga o`tish

O'zb

27.10.2026

Turkiy davlatlar Oliy audit organlari taşkiloti (TURKSAI) ning Nizomi imzolandi

2026-yil 24-oktyabr kuni Turkiyaning Antaliya şahrida Turkiy davlatlar oliy audit organlari taşkiloti (TURKSAI) ning Nizomi imzolandi.

Tadbirda Özbekiston Respublikasi Hisob palatasi raisining birinçi örinbosari Mehriddin Abdullayev iştirok etdi.


Şuningdek, tadbirda Turkiya, Ozarbayjon, Qozoğiston va Qirğiziston oliy audit organlari vakillari qatnaşdi.


Nizomning imzolanişi TURKSAI faoliyatining taşkiliy-huquqiy asoslarini belgilaşda muhim bosqiç böldi.


Ma’lumot uçun, TURKSAIni taşkil etiş töğrisidagi deklaratsiya 2025-yil 22 noyabrda Istanbul şahrida imzolangan. Özbekiston

Respublikasi Hisob palatasi taşkilotning ta’sisçi a’zolaridan biri hisoblanadi.


TURKSAI doirasida davlat auditi metodologiyalarini takomillaştiriş, ilğor tajribalarni almaşiş, xodimlarning kasbiy salohiyatini oşiriş, audit jarayonlarida raqamli texnologiyalar, sun’iy intellekt va katta ma’lumotlar tahlili (BIG DATA) dan foydalaniş böyiça hamkorlikni rivojlantiriş nazarda tutilgan.


TURKSAI Nizomining qabul qilinişi munosabati bilan Özbekiston Respublikasi Hisob palatasining birinçi örinbosari M.Abdullayev tomonidan Oliy audit organlari bilan özaro hamkorlik qiliş böyiça bir qator taşabbuslar ilgari surildi:


Birinçi yönaliş — audit standartlari va metodologiyasini rivojlantiriş. Xalqaro standartlar va ilğor tajriba asosida moliyaviy, muvofiqlik va samaradorlik auditlarini taşkil etiş böyiça muntazam tajriba almaşişni yölga qöyiş zarur. 


Ikkinçi yönaliş — raqamli audit va sun’iy intellekt. Raqamli texnologiyalar davlat auditining imkoniyatlarini tubdan özgartirmoqda. Şu sababli sun’iy intellekt, katta ma’lumotlar tahlili, axborot tizimlari auditi böyiça qöşma öquv dastur va seminarlarni taşkil etiş maqsadga muvofiq.


Uçinçi yönaliş — a’zo davlatlar uçun umumiy ahamiyatga ega sohalarda, jumladan, davlat xaridlari, davlat investitsiyalari, infratuzilma loyihalari, qişloq xöjaligi, ekologik dasturlar va taşqi qarz mablağlaridan foydalaniş masalalarida qöşma tadqiqotlar ötkaziş imkoniyatlarini örganiş lozim.


Törtinçi yönaliş — kadrlar salohiyatini oşiriş. Buning uçun TURKSAI doirasida “bilimlar va ilğor amaliyotlar platformasi”ni yaratiş lozim. Taşkilotning rasmiy axborot resurslari orqali audit metodologiyasi, tahliliy materiallar, öquv qöllanmalari va muvaffaqiyatli amaliyotlarni özaro almaşiş mexanizmini şakllantiriş muhimdir.


Beşinçi yönaliş — xalqaro hamkorlikni kengaytiriş. TURKSAIning INTOSAI va uning tegişli mintaqaviy taşkilotlari bilan hamkorligini rivojlantiriş muhim ahamiyatga ega. Bu taşkilotning xalqaro maydondagi nufuzini oşiriş va Turkiy davlatlar Oliy audit organlarining umumiy ovozini kuçaytirişga xizmat qiladi. 


Bundan taşqari, Turkiya Respublikasi Hisob sudi raisi M. Yener bilan ikki tomonlama uçraşuv bölib ötdi va unda tomonlar özaro tajriba almaşişni davom ettiriş hamda boşqa yönalişlarda hamkorlik qiliş töğrisida kelişib olişdi.


Öz navbatida, Turkiya Respublikasi Hisob sudi raisi M. Yener Özbekiston Respublikasi Hisob palatasi tomonidan ilgari surilgan taşabbuslarni qöllab-qöllab quvvatlaşini hamda ularni birgalikda amalga oşirilişini ma’lum qildi.

  

Taşkilotga dastlabki uç yil davomida Turkiya Hisob sudi raislik qiladi.

img