Prezident Shavkat Mirziyoyev 28-noyabr kuni poytaxtimizdagi Xalqaro kongress markazida byurokratiyani bartaraf etish masalalariga bagʻishlangan xalqaro forumning tantanali ochilish marosimida ishtirok etdi.
27.11.2025
Prezident: “Har bir qaror, har bir xizmat, har bir jarayon faqat inson manfaatiga xizmat qilishi zarur”

Forumda Oʻzbekiston Respublikasi va Birlashgan Arab Amirliklari hukumatlari, xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlarning yuqori martabali vakillari, davlat xizmati sohasidagi yetakchi ekspertlar va jamoatchilik faollari qatnashmoqda.
Soʻnggi yillarda respublikamizda byurokratiyani qisqartirishga qaratilgan 9 ta farmon va qaror qabul qilindi. Davlat xizmatlari markazlari, Yagona portal platformasi, “Raqamli hukumat” kabi tizimlarning tashkil etilishi natijasida davlat xizmatlari xalqimiz uchun yanada qulay, tezkor va shaffof boʻlmoqda.
Raqamlashtirish natijasida 30 turdagi xizmatlarni real vaqt rejimida olish imkoniyati yaratildi. Joriy yilning oʻzida 8 millionga yaqin xizmatlar avtomatik ravishda koʻrsatildi. Hujjat almashinuvining elektron shaklga oʻtkazilishi aholining yiliga 23 milliard soʻm mablagʻlari tejalishiga imkon bermoqda.
Ta'kidlanganidek, Yangi Oʻzbekistonda “Qogʻozsiz hukumat” tizimiga toʻliq oʻtilib, qogʻoz aylanmasidan butunlay voz kechiladi. Mavjud 40 million hujjatlardan 25 millioni, shundan keyingi yilning oʻzida 5 millioni raqamlashtiriladi.
Har yili vazirlik va idoralar faoliyati maxsus raqamli platforma orqali baholanadi. Eng yaxshi natijaga erishgan idoralar va xodimlarni ragʻbatlantirish tartibi joriy etiladi.
Ochilish marosimidan soʻng Prezidentimiz forum mavzusi, ilgari surilgan tashabbuslarning ahamiyati haqida jamoatchilik vakillari bilan suhbatlashdi. Yurtimizda “Inson qadri uchun” gʻoyasi barcha islohotlarning asosini tashkil etayotgani, byurokratiyani bartaraf etish zamirida har bir qaror, har bir xizmat, har bir jarayon faqat inson manfaatiga xizmat qilishi zarurligi taʼkidlandi.



Boshqa yangiliklar
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_f2eefc76b12038aade06647e.jpg)
O‘zbekiston va Slovakiya Oliy audit organlari o‘zaro hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqmoqda
333
17.09.2026
Davlat xaridlari sohasida korrupsiya va talon-torojliklarning oldini olishda Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligiga amaliy yordam ko‘rsatish va o‘zaro hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
1792
30.04.2026
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_36b54f2b28999610ababf55d.jpg)
Byudjet intizomini ta'minlashda davlat moliyaviy nazorati organlarining faoliyatini muvofiqlashtirish masalalarining muhokamasi
3218
20.11.2025
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_7c2ad960197aca90a6300cc2.jpg)
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining byudjet ijrosi bo‘yicha taqdimoti tinglandi
2346
08.07.2025
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_30ca5371ad72b0593bb53236.jpg)
Prezident Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz besh yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqi
702
29.08.2026