Hisob palatasida Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi rahbariyati bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
08.07.2025
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining byudjet ijrosi bo‘yicha taqdimoti tinglandi

Unda 2025 yil I yarim yilligi byudjet ijrosi, nazorat ishlarini tashkil etilishi va II yarim yillikdagi asosiy vazifalar to‘g‘risida taqdimot qilindi.
Ta'kidlanganidek, o‘tgan davr mobaynida Vazirlik va uning tarkibiga kiruvchi tizim tashkilotlarida Ichki audit xizmati tomonidan o‘rganishlar o‘tkazildi va tegishli mablag‘lar maqbullashtirildi.
Vazirlikning ma'lumotlar bazasi Hisob palatasining “Masofaviy audit” axborot tizimiga integratsiya qilingan. Ushbu tizim orqali Vazirlik faoliyatida yuzaga keladigan risklar ko‘rib chiqiladi va Vazirlikka bartaraf etish uchun yuboriladi.
Hisobotda Ichki audit xizmati faoliyati sifatini baholash va oshirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar haqida so‘z bordi.
Shu bilan birga, Vazirlikda tashkil etilgan “Situasion markaz” orqali tizim tashkilotlari moliyaviy faoliyatini masofadan nazorat qilish samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha rejalar ta'kidlandi.
Hisob palatasi tomonidan Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi tizimida byudjet mablag‘larining maqsadli va samarali ishlatilishi ustidan monitoring va nazorat olib borish bo‘yicha tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

Boshqa yangiliklar
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_3876eec01456bd2a314d9f10.jpg)
Energetika tarmogʻida boshqaruv va masʼuliyatni kuchaytirish boʻyicha ustuvor vazifalar belgilandi
835
26.07.2026
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_0161eda03a9ac89d4dddf55e.jpg)
Oʻzbekiston Prezidenti barqaror rivojlanishni taʼminlash uchun tinchlik va ishonchni mustahkamlash muhimligini taʼkidladi
2759
11.12.2025
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_677681865e7ae457868e1370.jpg)
O‘zbekiston Hisob palatasi jamoasi Turkiyadagi treninglarda ishtirok etdi
2437
06.09.2025
2025 yilgi Osiyo baholash haftaligi bo‘lib o‘tdi
1800
04.09.2025
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_3e723a0064aa70e40a6aafac.jpg)
Hisob palatasi INTOSAIning Davlat qarzi bo‘yicha ishchi guruhiga a’zo bo‘ldi
973
26.06.2026