Avval xabar berilganidek, Ozarbayjon Respublikasi Hisob palatasi raisi V. Gulmammadov boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekistonda rasmiy tashrif bilan bo‘ldi.
09.03.2026
Senatda Ozarbayjon Hisob palatasi raisi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Tashrif doirasida Ozarbayjon delegatsiyasi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi T. Narbayeva bilan uchrashdi.
Uchrashuv davomida ikki davlat Oliy audit organlari o‘rtasidagi hamkorlik izchil rivojlanib borayotgani ta’kidlandi. Qayd etilganidek, Tomonlar o‘rtasida imzolangan Hamkorlik memorandumi mazkur sohadagi aloqalarni yanada mustahkamlash va o‘zaro tajriba almashishni kengaytirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Hisob palatalari tomonidan olib borilayotgan o‘rganish va tahlillar parlament faoliyati bilan uzviy bog‘liq ekani, nazorat-tahlil natijalari asosida ta’sirchan parlament nazoratini yo‘lga qo‘yish davlat dasturlarining samarali ijrosini ta’minlashda muhim o‘rin tutishi aytildi.
Shuningdek, tahlil natijalari asosida davlat va hududiy byudjetlarni shakllantirish, yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklarning oldini olish bo‘yicha profilaktik tavsiyalar ishlab chiqish, nazorat tizimlarini raqamlashtirish hamda korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan preventiv mexanizmlarni rivojlantirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Tomonlar kelgusida O‘zbekiston va Ozarbayjon parlamentlari hamda Hisob palatalari o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish, o‘zaro tajriba almashishni kengaytirishga kelishib oldi.



Boshqa yangiliklar
Ozarbayjon Hisob palatasi vakili Toshkentdagi xalqaro konferensiya va ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini yuqori baholadi
965
23.05.2026
Xorazm viloyatiga Hisob palatasi vakili — Bosh inspektor tayinlandi
1132
28.04.2026
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_f3c009b9c3443b252646fc13.jpg)
Mahalliy byudjetlarning 2024 yil ijrosi to‘g‘risidagi hisobotlari tashqi auditi natijalari kengashlarda muhokama qilindi
2344
16.06.2025
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_c733748f82db1af1b56577bc.jpg)
Huquqni muhofaza qilish akademiyasida xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi
2050
28.11.2025
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_5f9b7e07a9ac334169379d09.jpg)
Davlat auditi sohasida yangi ta’lim imkoniyatlari yaratilmoqda
1005
07.06.2026