16.06.2025
Mahalliy byudjetlarning 2024 yil ijrosi to‘g‘risidagi hisobotlari tashqi auditi natijalari kengashlarda muhokama qilindi
“O‘zbekiston Respublikasining Hisob palatasi to‘g‘risida”gi Qonuni va Byudjet kodeksiga muvofiq Hisob palatasi tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjetining, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlarining 2024 yil ijrosi to‘g‘risidagi hisobotlari tashqi auditdan o‘tkazildi.

Davlatimiz Rahbari tomonidan qabul qilingan PF-100-sonli Farmon bilan mahalliy byudjetlar ijrosi to‘g‘risidagi Hisob palatasining xulosalari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi va xalq deputatlari Kengashlari majlislarida Hisob palatasi mas'ullari ishtirokida muhokama qilinishi belgilangan.
Hisob palatasi tomonidan joriy yilning may-iyun' oylarida Respublikamizning barcha hududlarida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi va xalq deputatlari Kengashlari majlislarida tegishli muhokamalar o‘tkazildi.
Jumladan, 2025 yilning 29 may kuni Andijon viloyati Kengashining sessiyasi bo‘lib o‘tdi. 30 mayda Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining o‘n uchinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
Shuningdek, 30 may – 12 iyun' kunlari Xalq deputatlari Jizzax, Qashqadaryo viloyatlari va Toshkent shahar Kengashlarining sessiyalarida Hisob palatasi mas'ullari ushbu idoraning mahalliy byudjetlarning 2024 yildagi ijrosi bo‘yicha hisoboti to‘g‘risidagi masalalari bo‘yicha so‘zga chiqdilar.
Mazkur muhokamalar davomida Hisob palatasining ma'sul xodimlari tomonidan mahaliy byudjetlar ijrosi jarayonida yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklar, hamda ularni bartaraf etish yuzasidan taklif va tavsiyalari tashqi audit xulosasida aks ettirilgani ta'kidlandi.
Shu bilan birga, Davlatimiz Rahbarining Farmoniga muvofiq, 2025 yildan boshlab birinchi darajali byudjet mablag‘larini taqsimlovchilar Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari hisobidan hududlarga taqsimlangan mablag‘lar bo‘yicha ma'lumotlarni tegishli xalq deputatlari Kengashlariga taqdim etishi belgilanligi yuzasidan aytib o‘tildi.
Xalq deputatlari Kengashlari tomonidan mahalliy byudjetlarga Davlat byudjeti, Davlat maqsadli jamg‘armalari va Xalqaro moliya institutlari hisobidan ajratilayotgan mablag‘lar bo‘yicha Farmon ijrosi yuzasidan so‘rovlar va nazoratning o‘rnatilishi orqali byudjet mablag‘laridan oqilona, maqsadli hamda samarali foydalanilishi va shaffoflikni kuchaytirilishiga erishiladi.
Sessiyalar ochiq muhokama va konstruktiv fikr almashinuvi shaklida bo‘lib o‘tdi. Har bir masala yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.



Boshqa yangiliklar
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_394da599ceffca80b168e4df.jpg)
Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligida davlat moliyaviy nazoratini kuchaytirish masalalari muhokama qilindi
189
08.05.2026
Xalqaro valyuta jamg‘armasi delegatsiyasi Hisob palatasiga tashrif buyurdi
666
07.04.2026
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_499014276c65f9cfe1d766cb.jpg)
Davlat byudjetining 2024 yildagi ijrosi to‘g‘risidagi hisobot tashqi auditdan o‘tkazildi
2415
25.05.2025
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_95b7cea0d789a91bdb82a472.jpg)
Hisob palatasi KPMG Аkademiyasi bilan Memorandum imzoladi
1736
09.02.2025
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_4f038ca930e8130bc2fa17cf.jpg)
Islohotlar natijadorligi, hududlarda ishlarning borishi, aholini qiynayotgan masalalarga bag‘ishlangan yig‘ilishda Prezident tomonidan Hisob palatasiga berilgan topshiriqlar
1112
15.06.2025