29.09.2025
O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan tabrik
Muhtaram Ustoz va Murabbiylar! Sizlarni qutluq ayyom - O‘qituvchi va murabbiylar kuni bilan samimiy muborakbod etamiz.

Ayni paytda mamlakatimizning davlat moliyaviy nazorati tizimida, shuningdek, ushbu soha uchun zamon talablari darajasida yetuk mutaxassislarni tayyorlayotgan oliy o‘quv yurtlarida ko‘plab faxriy ustozlarimiz tinimsiz mehnat qilib kelmoqda.
Davlatimiz moliyaviy sohada sifat va samarani ta'minlashda Sizlarga tayanadi. Sizlar chuqur bilimingiz, halol mehnatingiz, salmoqli ish tajribangiz bilan sohaga fayz va ma'no olib kirib, barchamiz uchun ibrat bo‘lib kelmoqdasiz.
Shuning uchun ham Ustozlarimizning jamiyatimizdagi maqomi va ehtiromi yuksakdir.
Muhtaram Ustoz va Murabbiylar!
Butun bilim va tajribangizni sohamizning rivoji va kadrlarimizning salohiyati uchun baxshida etib kelayotgan Siz, aziz Ustozlarga, yana bir bor qalbimiz tubidan minnatdorlik bildiramiz.
Sharafli va mas'uliyatli faoliyatingizga kuch-quvvat, yangi zafarlar, oilangizga esa fayzu baraka tilab qolamiz.
Shogirdlaringiz Sizlarga munosib davomchilar bo‘lsin. Hamisha elimiz ardog‘ida bo‘ling!
Yuksak ehtirom ila,
O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi



Boshqa yangiliklar
Avtotransport vositalarini texnik ko‘rikdan o‘tkazish va qayta jihozlash bo‘yicha audit o‘tkazildi
1207
08.04.2026
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/27151d48-0f60-0f79-41a2-a45d0b89f967.jpg)
Ommaviy tadbirlarda qatshish
1925
05.02.2025
Hisob palatasida yil yakunlari sarhisob qilinib, kelgusi davr ustuvor vazifalari belgilab olindi
2127
29.12.2025
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_4f7ce4016a9a46726decf0a9.jpg)
“O‘zaeronavigatsiya markazi” faoliyati samaradorligi: tahlillar, muammolar va takliflar
531
16.06.2026
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_665fabc75a11582d44cd77e7.jpg)
Hisob palatasi INTOSAIning Qazib oluvchi sanoat tarmoqlari auditi bo‘yicha ishchi guruhiga a’zo bo‘ldi
778
15.05.2026