BAA delegatsiyasi vakillari “O‘zbekiston Respublikasi bizda juda ijobiy taassurot qoldirdi” deb, o‘z fikrlarini quyidagicha bayon qilishdi:
26.05.2026
Birlashgan Arab Amirliklari delegatsiyasi: “O‘zbekiston Respublikasi bizda juda ijobiy taassurot qoldirdi.”

Mamlakat go‘zal, yaxshi tashkil etilgan hamda boy madaniyat va tarixga ega. Ayniqsa, odamlarning mehmondo‘stligi, mehribonligi va turli sohalardagi ulkan taraqqiyot bizda katta taassurot qoldirdi.
Bizning oliy audit tashkilotlarimiz o‘rtasida mustahkam va samarali o‘zaro aloqalar mavjud.
Ushbu munosabatlar hamkorlik, tajriba va bilim almashish, sa’y-harakatlarni muvofiqlashtirishga asoslangan bo‘lib, nazorat va hisobdorlik sohasida ilg‘or tajribalarni, shuningdek, zamonaviy texnologiyalardan foydalanish orqali samaradorlik va shaffoflikni yanada oshirishga xizmat qilmoqda.
Konferensiya juda yuqori saviyada va professional tarzda tashkil etilgan. Taqdimotlar va muhokamalar nihoyatda mazmunli hamda foydali bo‘ldi, shuningdek, ishtirokchilar tomonidan baham ko‘rilgan tajribalardan o‘rganish biz uchun juda manfaatli bo‘ldi.
Bu professional aloqalarni mustahkamlash va yangi bilimlarga ega bo‘lish uchun ajoyib imkoniyat bo‘ldi.
Bizda ayniqsa, Hisob palatasining masofaviy nazorat markazi juda katta taassurot qoldirdi. Juda ko‘p ma’lumotlar bazasining bir joyda jamlanishi va ularning tahlil qilinishi audit sifati, natijadorligi hamda samaradorligini oshirish uchun xizmat qilayotganining yaqqol misolini o‘z ko‘zimiz bilan ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘ldik.
Ushbu konferensiyani tashkil etganingiz va yuksak mehmondo‘stligingiz uchun Sizga katta rahmat.
Umid qilamizki, yana uchrashamiz...
(Ibrohim Almuaini, Mariyam Alkaabi va Alanud Assaleh)

Boshqa yangiliklar
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_4a97b8c7aa2570bf83ff5c4a.jpg)
Shavkat Mirziyoev: Yoshlarimizning har bir muvaffaqiyati biz uchun kuch-qudrat
3817
29.06.2025
Turkiya Hisob sudi tomonidan risklarni boshqarish mavzusida onlayn o‘quv treninglari o‘tkazildi
1932
26.12.2025
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_a260d6e6a11199b8d834e6e7.jpg)
Prezidentimiz tadbirkorlikni yangi bosqichga olib chiqishning ustuvor yoʻnalishlarini belgilab berdi
708
17.08.2026
Hisob palatasida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
783
08.07.2026
Sun’iy intellekt texnologiyalariga bag‘ishlangan o‘quv-amaliy seminar
3199
15.12.2025