28.08.2025
Situatsion markazlar faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha amaliy seminar
Joriy yilning 23 iyul' kuni Davlatimiz Rahbari tomonidan Hisob palatasining “Masofaviy audit” avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali risk tahlillarini olib borish va byudjet mablag‘larini samarali ishlatilishini ta'minlashni yanada kuchaytirish vazifasi yuklangan.
Shundan kelib chiqib, byudjetdan yirik mablag‘ oluvchi 22 ta vazirlik va idoralarda ‘Situatsion markazlar’ faoliyati samaradorligini oshirish masalalariga bag‘ishlangan o‘quv-amaliy seminari o‘tkazildi.
Sog‘liqni saqlash vazirligida bo‘lib o‘tgan ushbu tadbirda mas'ul vazirlik va idoralar rahbarlarining tegishli o‘rinbosarlari, tizimdagi ichki audit, komplaens nazorati xizmatlari va Situatsion markazlar rahbarlari ishtirok etdi.
Seminarda Situatsion markazlar faoliyatini tashkil etish, mavjud muammolarni hal etish va ish jarayonlarini takomillashtirish mexanizmlari muhokama etildi.
Hisob palatasining “Masofaviy audit” avtomatlashtirilgan axborot tizimi hamda vazirlik va idoralarning ichki nazorat tizimlari samaradorligi tahlil qilindi.
Hisob palatasi raisi o‘rinbosari A. Allaberganov ushbu Situatsion markazlarni haqiqiy vazirliklar dasturlari bir joyda bog‘lanadigan, barcha dasturlarni ko‘rib taxlil qilib boradigan va muhim qarorlar qabul qilishda ma'lumotlaridan tezkor foydalanib boriladigan markazga aylantirish muhimligini ta'kidladi.
Vazirliklar va idoralarda Hisob palatasi tomonidan taqdim etilgan risklarni o‘rganish holatlariga qattiq e'tibor qaratish kerakligi aytildi.
Hisob palatasi raisi o‘rinbosari S. Mirzayev Masofaviy nazorat markazi tomonidan vazirliklarning Situatsion markazlarga yuborilayotgan risk- tahlillar o‘z vaqtida o‘rganilishi va natijalar bo‘yicha tezkorlik 'ilan munosabat bildirsh muhim masala ekanligini ta'kidladi.
Situatsion markazlar faoliyati samaradorligini oshirish, risk taxlillar qamrovini kengaytirish va aniqlik darajasini oshirish bo‘yicha ko‘p tomonlama fikr almashildi.
Tadbir konstruktiv formatda bo‘lib o‘tdi.

Boshqa yangiliklar
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_176288dd274399c845598a28.jpg)
Hisob palatasi auditi natijalari muhokama qilindi: kamchiliklarni bartaraf etish va tizimni takomillashtirish bo‘yicha aniq vazifalar belgilandi
598
26.04.2026
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_1ccfa3db3d276600090c5972.jpg)
BAYRAM TABRIGI
969
26.05.2026
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_4a97b8c7aa2570bf83ff5c4a.jpg)
Shavkat Mirziyoev: Yoshlarimizning har bir muvaffaqiyati biz uchun kuch-qudrat
3445
29.06.2025
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_4f7ce4016a9a46726decf0a9.jpg)
“O‘zaeronavigatsiya markazi” faoliyati samaradorligi: tahlillar, muammolar va takliflar
531
16.06.2026
Hisob palatasi xodimi “Oʻzbekiston belgisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi
656
10.07.2026